1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 ... 35

III. Helicobacter Rylori eradikatsiyasi - O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni...

bet17/35
Sana03.10.2017
Hajmi3.02 Mb.

III. Helicobacter Rylori eradikatsiyasi. 

Ma’lumki, hozirgi vaqtda yara kasalligi rivojlanishidagi asosiy etiopatogenetik 

omillardan  biri  bo‘lib,  gastroduodenal  sohada  Helicobacter  Rylori  (NR)  tarqalishi 

hisoblanadi.  Demak,  NR  eradikatsiyasi  mazkur  kasallikni  etiotrop  davolash  usuli 

bo‘lib hisoblanadi. 

193 

 

Bir  qator  gastroenterologik  birlashmalarning  (Rossiya,  Amerika,  Maastrixt 

konsensusi  va  b.,  1996-1998y)  tavsiyasiga  ko‘ra,  NR  infeksiyasini  davolashga 

ko‘rsatma bo‘lib hisoblanadi: 

1.

  Surunkali xelikobakteriyali gastrit. 

2.

 

Me’da limfomasi, NR bilan assotsiatsiyalangan (past darajali, xavfli). 

3.

 

Barvaqt o‘sma sababli me’da rezeksiyasi. 

4.

 

Funksional  dispepsiya,  gastroezofagal  reflyuks  kasalligi,  bemorlarda 

xelikobakter  infeksiya  bo‘lsa,  YAQNDV  qabul  qilish  (davolash  xoxshi  bo‘yicha 

o‘tkaziladi, chunki NR eradikatsiyasini majburiy o‘tkazish masalasi aniq emas). 

5.

  YAradan  qon  ketishlar  samarali  konservativ  davolangandan  so‘ng, 

agarda  xelikobakter  infeksiyasi  bo‘lsa.  NR  eradikatsiyasi  qon  ketishlarda  va  yara 

kasalligining qaytalanishi xavfini kamaytiradi. 

Davolashni  boshlashdan  oldin  NR  borligini  turli  usullar  yordamida  aniqlash 

mumkin.  Biroq  amaliyot  shifokorlari  xelikobakterli  infeksiya  tasdiqini  bera 

olmaydi. Bunday sharoitda nima qilish kerak? Bunda quyidagilarni nazarda tutish 

kerak:  12  barmoqli  ichak  yarasi  bemorlarida  (ayniqsa,  yosh  bemorlarda),  me’da 

shirasi kislotaligi yuqori bo‘lganida NR infeksiyasi 90-99% xolda uchraydi. Eroziyali 

gastrit  va  giperatsidli  xolatdagi  bemorlarda  ham  NR  tarqalishi  shu  ko‘rsatkichni 

tashkil  etadi.  Demak,  bunday  bemorlarga  «bemalol»  NR  ga  qarshi  davolash 

o‘tkazish mumkin. Boshqa xollarda NR borligi aniqlanishi lozim. 

NR  eradikatsiyasi  uchun  qo‘llanadigan  antibakterial  preparatlarga  kiradi: 

metronidazol,  tinidazol,  tetratsiklinlar,  YAngi  avlod  makrolidlari  (roksitromitsin, 

kloritromitsin,  azitromitsin),  furazolidon,  amoksitsillin  va  b.  Ko‘rsatilgan 

preparatlarning FD, FK va nojo‘ya ta’sirlari batafsil o‘rganilgan. 

YUqori  kislotalik  fonidagi  me’da  va  12  barmoqli  ichak  yarasi  bo‘lsa,  asosida 

proton nasosi ingibitori omeprazol bo‘lgan uch komponentli, bir haftalik davolash 

o‘tkaziladi.  So‘ng  omeprazolni  bir  martalik  qabul  qilishga  yoki  N

2

-blokatorlarga 

o‘tiladi. 

Agarda  bemor  avval  qaysi  bir  sabablarga  ko‘ra  nitroimidazol  unumlarini 

qabul  qilgan  bo‘lsa,  u  holda  shu  preparatni  tutuvchi  sjemalarni  qo‘llash  tavsiya 

etilmaydi. 



194 

 

 

IV. Gastroduodenal motorikani tiklash. 

YUqorida  keltirilgan  DV  guruhidan  tashqari  yana  me’da  motorikasini 

boshqarish  va  ko‘ngil  aynishi,  qusishni  oldini  olish  maqsadida  «prokinetiklar» 

qo‘llanadi  –  metaklopramid  (serukal,  reglan),  domperidon  (motilium),  sizaprid 

(koordinaks). 

Metoklopramid  (serukal)

 I  avlod  prokinetiki  hisoblanadi.  U  qizilo‘ngachning 

xarakat  faolligini  kamaytiradi,  qizilo‘ngach  pastki  sfinkterini  tonusini  oshiradi, 

me’daning  evakuator  faoliyatini  tezlashtiradi,  12  barmoqli  ichak  peristaltikasini 

oshiradi.  Serukal  ovqatni  ingichka  ichakdagi  xarakatini  tezlashtiradi,  lekin  ichakni 

peristaltikasini tezlashtirmaydi va diyareya keltirib chiqarmaydi. Gastroezofagal va 

duodenogastral reflyuksni bartaraf etadi. Miya ustunining trigerli soxalariga ta’sir 

etib, qusish, ko‘ngil aynish, xichchoq tutishini kamaytiradi. Farmakologik ta’sirlari 

natijasida  serukal  yara  kasalligi,  reflyuks-ezofagit,  operatsiyadan  so‘nggi  ichak 

atoniyasi, qusishlarda kompleksli davolashda qo‘llanadi. 

Eng  ko‘p  nojo‘ya  ta’sirlariga  uyquchanlik,  tez  charchash  kiradi. 

Ekstrapiramidal  buzilishlar,  prolaktin  miqdorini  oshirib  yuborishi,  holsizlik  kabi 

nojo‘ya ta’sirlarini ko‘pligi sababli  oxirgi yillarda metaklopramid preparati yanada 

kamroq qo‘llanmoqda, uning o‘rnini II va III-avlod preparatlari egallamoqda. 

Domperidon

  –  «motilium»  nomi  bilan  tanish  bo‘lib  II-avlod  prokinetiki 

xisoblanadi.  

Domperidon  ham  metaklopramidga  o‘xshab  me’da-ichak  yo‘lining  motor-

evakuatsiya  faoliyatiga  ta’sir  ko‘rsatuvchi  D

2

-dofamin  retseptorlarini  bloklaydi. 

GETdan  o‘tmaydi,  va  tabiiy,  ekstrapiramidal  buzilishlar  bilan  bog‘liq  nojo‘ya 

ta’sirlarni  ko‘rsatmaydi.  Qondagi  prolaktin  miqdorini  oshiradi.  Domperidon, 

kuchsizlangan  me’da  qisqarishlarini  kuchaytiradi  va  uning  bo‘shashini 

meyorlashtiradi;  pastki  qizilo‘ngach  sfinkteri  tonusini  oshiradi,  gastroezofagal  va 

duodenogastral  reflyukslarni  yo‘qotadi.  Ingichka  va  yo‘g‘on  ichak  tonusi  va 

motorikasini oshiradi. Me’da shirasi sekretsiyasiga ta’sir ko‘rsatmaydi. 

Domperidon,  10  mg  tabletka  shaklida  chiqariladi.  1  tabletkadan  kuniga  3-4 

mahal ovqatdan 10-30 min oldin beriladi, zarur hollarda kechasiga ham buyuriladi. 



195 

 

Og‘ir hollarda dozani 2 martaga oshirish mumkin. Buyrak faoliyati buzilganda doza 

kamaytiriladi.    

Ichak dispepsiyasi sindromi. 

Ichak  dispepsiyasi  sindromi  -  siptomlar  yig‘indisi  bo‘lib,  o‘ziga  qorindagi 

noxushlik  yoki  og‘riq,  qorinning  dam  bulishi,  ichning  buzilishi  –  diareya  yoki 

qabziyat,  yoki  ularning  almashuvini  mujassamlashtiradi.  Ichak  dispepsiyasini 

chaqiruvchi  omillar  turlicha:  bu  o‘tkir  ichak  infeksiyasi,  ingichka  ichakning 

yallig‘lanishi,  o‘tkir va  surunkali  enterit,  yo‘g‘on  ichakning  yallig‘lanishi  –  kolitlar, 

«qo‘zg‘atilgan»  ichak  sindromi,  disbakterioz,  Kron  va  Uippl kasalligi,  neyrogen  va 

endokrin  patologiyalari  va  b.  bo‘lishi  mumkin.  Ichak  dispepsiyasini  chaqirgan 

sabablarga  qarab  etiopatogenetik  davolash,  davolovchi  parxez,  metabolik  va 

elektrolit  buzilishlarini  korreksiyalash,  ichak  eubiozini  tiklash,  ichak  saqlamasi  va 

motor  funksiyasini  meyorlashtirish,  o‘rab  oluvchi,  adsorbsiyalovchi  va 

qovushtiruvchi DV buyurish kabi muolajalar o‘tkaziladi.  

Quyida  biz  ichak  dispepsiyasining  asosiy  klinik  ko‘rinishlarini  –  diareya  va 

qabziyatning farmakoterapiyasini ko‘rib chiqamiz.  

Diareyaning  rivojlanishida  bir  qancha  mexanizmlar  ishtirok  etadi,  bularning 

orasida  ahamiyati  katta  bo‘lganlari:  ichak  gipersekretsiyasi,  ichak  bo‘shlig‘ida 

osmotik bosimning ortib ketishi, ichakning giperproduksiyasi, ichak motorikasining 

buzilishi – ichak saqlamasi tranzitining buzilishi xisoblanadi. Bundan kelib chiqqan 

holda  diareyaga  qarshi  DVni  simptomatik  davolash  sifatida  farmakodinamik 

xususiyatlarini e’tiborga olib, shartli 5 guruhga bo‘lish mumkin: 

1. Parasimpatik nerv tizimining ingibitorlari (atropin va boshqa xolinolitiklar) 

va adrenergik moddalar. 

2. Ichak motorikasiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi preparatlar. 

3. Najasning qattiqlashtiruvchi DV. 

4. Najas bilan o‘tli kislotalarni chiqarilishini oshiruvchi DV. 

5. Nisbatan sekretga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi DV. 

 

196 

 

1.  Xolinolitik  va  adrenomimetiklar  ichakning  motorli  faolligini  pasaytirib, 

diareyani kamaytiradi. 

Xolinolitiklardan  belladonna  ekstrakti  ko‘pincha  fenobarbital  bilan 

kombinatsiyada  buyuriladi,  chunki  u  xolinolitiklarning  ichakka  ko‘rsatadigan 

ta’sirini  oshiradi  va  ichak  enzimlarini  rag‘batlantiradi.  Tarkibiga  belladonna 

ekstrakti va fenobarbital kiruvchi kukunni kuniga 3-4 mahal buyuriladi.  

0,2%  -  1ml  platifillin  kuniga  2-3  mahal,  kamroq  hollarda  0,1%  -  0,3-0,5ml 

atropin kuniga 1-2 mahal qilinadi. Bundan tashqari, miotrop bo‘shashtiruvchilar – 

no-shpa, papaverin gidroxlorid, galidora, fenikoberan kabi preparatlarni buyurish 

ko‘rsatilgan. 

2.  Ichak  motorikasiga  bevosita  ta’sir  etuvchi  preparatlar  guruhiga  opiatli 

analgetiklar  (kodein),  hamda  opiatlarning  analoglari  –  loperamid,  difenoksilatlar 

kiradi.  Ular  ichak  motorikasini  pasaytirib,  suyuqlik  so‘rilish  vaqtini  uzaytiradilar. 

Bundan tashqari, ular anal sfinkteri tonusini oshirib, defekatsiyaga bo‘lgan sensor 

reflekslar faolligini pasaytiradi. Ichakdagi opioidli retseptorlarni rag‘batlantiruvchi 

ta’sir ko‘rsatishi sababli surunkali ich ketishlarda yaxshi samara beradi. 

Reasek  (lomotil)

  –  ingichka  ichakning  bo‘lakli  qisqarishlarini kuchaytiradi  va 

yo‘g‘on ichakning xarakatlantiruvchi faolligini meyorlashtiradi. Reasekni pasaygan 

motorikada  qo‘llaganda  uni  oshiradi  va  aksincha,  kuchaygan  motorikani 

pasaytiradi.  SHuning  uchun  reasek  turli  diareyaga  qarshi  preparat  xisoblanadi.  1 

tabletkadan  (2,5mg)  yoki  35  tomchidan  kuniga  2-4  mahal  ovqatdan  oldin,  to  ich 

ketishi to‘xtaguncha buyuriladi, uzog‘i bilan 6 kun. 

Loperamid    (imodium)

  –  opioidli  retseptorlarning  sintetik  analogidir. 

Ichakning  presinaptik  opioidli  retseptorlari  bilan  bog‘lanib,  atsetilxolin 

chiqarilishini  to‘xtatadi  va  ichak  mushak  qobig‘ining  tonusi  va  motorikasini 

pasaytiradi.  Ichki  tashqi  yo‘l  sfinkteri  tonusini  oshiradi;  suv  va  elektrolitlar 

sekretsiyasini to‘xtatadi. Ko‘rsatilgan barcha xususiyatlari diareyaga qarshi ta’sirni 

rivojlanishiga  olib  keladi.  Loperamid  narkotik  ta’sirga  deyarli  ega  emas,  o‘rganib 

qolishni chaqirmaydi va yaxshi ko‘tariladi, xatto uzoq vaqt qo‘llanganda ham.  

Preparat  2mg  kapsula  va  flakonlarda  0,002%  -  100  ml  eritma  shakllarida 

chiqariladi. O‘tkir diareyada 2 kap. (yoki 1-2 dozalangan koshiq), so‘ng 1 kap.dan 

197 

 

xar ich ketishdan keyin beriladi. Surunkali diareyada 1-2 kap.dan kuniga 1-6 marta 

berish mumkin. Doza shaxsiy yondoshgan holda tanlanadi.  Nojo‘ya ta’sirlari. 

Qabziyat, qorinning dam bo‘lishi, ko‘ngil aynishi, qusish, tez  charchash, og‘iz 

qurishi. Bunday hollarda  preparatni berish to‘xtatiladi. 

Xolinolitiklar  bilan  bir  vaqtda  qo‘llash  mumkin  emas,  chunki  bir-birlarini 

ta’sirini kuchaytiradi.  Qarshi ko‘rsatmalar:  

Ichakning  o‘tkir  va  surunkali  yallig‘langan  kasalliklari,  ayniqsa,  nospetsifik 

yarali  kolitning  og‘ir  darajasi,  Kron  kasalligi;  ichak  tutishi;  yuqori  sezgirlik; 

xomiladorlik va emizikli davr; keksa yoshda ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. 

3.  Ichakda  sekretsiyani  kamaytiruvchi  va  najasni  qattiqlashtiruvchi 

preparatlarga  kalsiy,  vismut,  alyuminiy    preparatlari,  attapulgit,  smekta  va  b. 

kiradi. 

Kalsiy 


ionlari 

adenilatsiklaza 

faolligini 

so‘ndirib, 

fosfodiesterazani 

faollashtiradi,  shu  yo‘l  bilan  sAMFni  parchalanishiga  olib  keladi  va  antisekretor 

ta’sir  ko‘rsatadi.  Bundan  tashqari,  sust  kalsiy  kanallarini  bloklab,  xujayra  ichiga 

kalsiy  ionlarini  tushishini  tormozlaydi,  ular  ichakda  suvni  so‘rilishini  kuchaytiradi 

va diareyaga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.  

Vismut  preparatlari  mahalliy  qovushqoq,  o‘rab  oluvchi  va  adsorbsiyalovchi 

ta’sirga,  yonbosh  ichakda  sekretsiyani  kamaytirish  xususiyatiga  ega.  Ko‘pincha 

vismut nitrat asosi va dermatol 0,5-1 gdan kuniga 3-4 mahal qo‘llanadi. 

Attapulgit

  -  tozalangan  alyuminiy-magniyli  kolloidli  silikatdir.  Ichakda 

attapulgit toksinlar, ba’zi bakteriyalar, gazlarni adsorbsiyalaydi, ichak mikroflorasi, 

saqlamasini  meyorlashtiradi.  Ichak  shilliq  qobig‘iga  yallig‘lanishga  qarshi  ta’sir 

ko‘rsatadi. Xar suyuq najasdan so‘ng 1,5 gdan buyuriladi, sutkasiga 9 g gacha. 

Smekta

 

shilliq–bikarbonatli 

to‘siqni 

turg‘unlashtiradi, 

shilliqning 

glikoproteinlari  bilan  polivalent  bog‘lar  xosil  qilib,  ularni  ovqat  xazm  qilish 

fermentlari ta’sirida parchalanishiga to‘sqinlik qiladi. Smekta me’da va ichak shilliq 

198 

 

qobig‘ini  mikroorganizmlar,  toksinlar  va  boshqa  qo‘zg‘atuvchilar  ta’siridan 

ximoyalaydi. 3g dan kuniga 3 marta buyuriladi. 

Diareyada  qisqa  vaqtli  simptomatik  vosita  sifatida  kaolin  va  pektin 

preparatlari  ham  qo‘llanadi.  Ularning  ta’siri  suv  va  ichak  toksinlarini 

adsorbsiyalash  bilan  bog‘liq.  Umuman  olganda  bu  preparatlar  boshqa  DV  ga 

nisbatan samarasi ancha past. 

4.  Najas  bilan  o‘tli  kislotalarni  chiqarilishiga  ko‘maklashuvchi  preparatlarga 

alyuminiy  preparatlari,  polifepan,  bilignin,  xolestiramin  va  b.  kiradi.  Ba’zi 

kasalliklarda,  masalan,  surunkali  enterit,  yondosh  ichak  kasalligi  va  rezeksiyasi, 

vagotomiya, xoletsistektomiyadan keyingi xolatlarda o‘tli kislota so‘rilishi buziladi, 

bu  esa  ichak  sekretsiyasini  tezlashib,  diareya  rivojlanishiga  («o‘tli  diareya»)  olib 

keladi.  O‘tli  kislota  adsorbsiyalovchi  va  ularni  najas  bilan  chiqarilishiga 

ko‘maklashuvchi  preparatlar  ichak  motorikasiga  rag‘batlantiruvchi  ta’sir 

ko‘rsatadi. 

5.  Antisekretor  ta’sir  ko‘rsatuvchi  diareyaga  qarshi  DVga  prostaglandin 

sintezini  ta’minlovchi  prostaglandinsintetaza  fermentining  ingibitorlari,  ya’ni 

salazopreparatlar,  indometatsin,  atsetilsalitsil  kislotalar  kiradi.  Indometatsin  va 

atsetilsalitsil  kislotasi  me’da-ichak  yo‘liga  ko‘rsatadigan  nojo‘ya  ta’sirlari  sababli 

diareyani  davolashda  keng  qo‘llanmaydi.  Salazopreparatlardan  sulfasalazin, 

salofalk, salazopiridazin, salazodimetoksin, sulfazillar qo‘llanadi. 

Antisekretor ta’sirga yana berberin, nikotin kislotasi, neyroleptik preparatlar 

(triftazin, aminazin, galoperidol, xlorprotiksen) ham ega.  

SHunday  qilib,  diareyaga  qarshi  preparatlar  turlicha  ta’sir  mexanizmiga  ega 

va  simptomatik  davolash  vositasidir.  Diareyaga  qarshi  preparatni  tanlaganda 

faqatgina uni rivojlanish sababini emas, balki najasning xususiyatini ham e’tiboga 

olish kerak. 

Gipermotor  xolati  va  kuchli  ogrikli  sindrom  ustun  bo‘lganda  miotrop 

spazmolitiklar va xolinolitiklarni buyurish maqsadga muvofik.  

Xolestiramin, alyuminiy gidroksidi, bilignin preparatlarini o‘tli kislota ta’sirida 

(masalan, Kron kasalligida), hamda vagotomiya sababli rivojlangan ich ketishlarida 

yaxshi samara beradi. 



199 

 

Ichakning  «ta’sirlanish»  sindromi  ustun  bo‘lgan  diareyalarda  loperamid 

preparati  yuqori  darajada  samara  beradi  (ayniqsa,  parxez  va  antixolinergik 

moddalar bilan birga buyurilsa). SHu o‘rinda reasek yoki loperamid preparatlarini 

Shigella  yoki  Salmonella  qo‘zg‘atuvchilari  chaqirgan  infeksiyalarda  qo‘llansa, 

diareya  holatining  cho‘zilishini  chaqiradi.  Bundan  tashqari,  bu  preparatlarni  og‘ir 

darajadagi  yarali  kolit  bemorlariga  buyurish  mumkin  emas,  chunki  toksik 

megokolon rivojlanishi sababi bo‘lishi  mumkin. 

Qovushqoqlashtiruvchi,  o‘rab  oluvchi  va  adsorbsiyalovchi  preparatlar  o‘tkir 

diareya  va  yo‘g‘on  ichakning  «ta’sirlanish»  sindromida  qo‘llansa  yaxshi  samara 

beradi, ayniqsa, ich ketishlar qabziyat bilan almashash hollarida. Bunday hollarda 

ularni yo‘g‘on ichak soxasida spazmolitik ta’sir ko‘rsatuvchi DV bilan birga qo‘llash 

tavsiya etiladi. 

Ichak  dispepsiyasining  klinik  kechuvining  yana  bir  turi  bu  qabziyatdir. 

«Qabziyat»  deganda  nimani  tushunamiz?  Ichak  bo‘shashining  48  soatdan  ortiq 

surunkali ushlanib qolishi qabziyat xisoblanadi (A.V.Frolkis, 1991).  

Qabziyatni  davolashdan  oldin  birinchi  galda  uning  rivojlangani  sabablarini 

bilish lozim, chunki ana shu sabab yo‘qotilishi natijasida ichak faoliyatini meyoriga 

kelishiga  erishish  mumkin.  Davolashda  parxez  tutish,  jismoniy  faollik  ahamiyatga 

ega.  DV  yordamida  davolashda  esa  bushashtiruvchi  va  ichak  motor  faoliyatini 

yaxshilovchi preparatlardan keng foydalaniladi. 

Barcha bo‘shashtiruvchi preparatlar shartli ravishda 3 guruhga bo‘linadi: 

1.  Ichak  retseptorlariga  ta’sir  etuvchi  moddalar  (antraglikozidlar  tutuvchi 

o‘simlik preparatlari, fenolftalein, izafenin, bisakodil, kastor moyi). 

2.  Ichak  saqlamasini  xajmini  oshiruvchi  moddalar  (bo‘shashtiruvchi  tuzlar  – 

natriy sulfat, magniy sulfat, kalvar va morshan tuzlari; suvda eruvchan kolloidlar – 

dengiz karami preparatlari va b.). 

3.  Najas  moddasini  bo‘shashtiruvchi  moddalar  (vazelin,  mindal  moylari, 

glitserinli shamchalar). 

 

1.  Antraglikozidlar  tutuvchi  preparatlar  (rovoch,  sano,  tog‘  jumruti)  odatda 

surunkali qabziyat bilan xastalangan bemorlarga buyuriladi. Ularni qo‘llash qulay, 

200 

 

chunki  8-12  soatdan  keyin  ta’siri  namoyon  bo‘ladi,  bir  marta  kechasiga  qabul 

qilinadi. 

Antraglikozidlarning  asosiy  ta’sir  etish  joyi  –  yo‘g‘on  ichak.  Ba’zi  olimlarning 

fikricha, ular ichakning silliq mushaklariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri rag‘batlantiruvchi ta’sir 

ko‘rsatadi.  Uzoq  vaqt  qo‘llaganda  to‘g‘ri  va  yo‘g‘on  ichak  shilliq  qobig‘ining  qora 

rangga  bo‘yalishi  mumkin,  chunki  antraxinon  va  antron  kondensatsiyasining 

erimaydigan mahsulotlari makrofaglardagi pigmentlar bilan birga shilliq qobiqning 

xususiy plastinkalaridan chiqariladi. 

Antroglikozidlar  guruhidan  sano  preparatlari  (senade,  senadeksin,  pursenid, 

tisasen 

va 


b.) 

ko‘p 


qo‘llanadi. 

Tarkibiga 

sano 

preparati 

kiruvchi 

kombinatsiyalangan preparatlar mavjud – agiolaks, regulaks, kalifig va b. 

Ichak  faoliyatini  rag‘batlantiruvchi  preparatlarga  difenilmetan  ofenolftalein, 

izafenin,  izoman  va  b.  kiradi.  Ular  asosan  yo‘g‘on  ichakni  rag‘batlantiradi.  Ovqat 

massasi  bilan  ichak  bo‘yicha  xarakatlanib,  xujayra  membranasidagi  Na,  Ka–

ATFazani  so‘ndiradi,  natriy  va  suv  ionlari  so‘rilishini  bloklaydi,  ichak  silliq 

mushaklarini  rag‘batlantiradi.  Preparatlar  qisman  qonga  so‘rilib,  buyraklar  orqali 

chiqariladi va ishqoriy muxitda, peshob qizil rangga bo‘yaladi.  

Bo‘shashtiruvchi  ta’siri  qabul  qilingandan  keyin  4-8  soatdan  so‘ng 

boshlanadi,  ichak-jigar  retsirkulyasiyasi  sababli  ta’siri  2-3  kungacha  saqlanib 

qoladi.  Preparatlarni,  ayniqsa,  fenolftaleinni  uzoq  qo‘llab  bo‘lmaydi,  chunki 

kumulyasiyalanish  xususiyati  natijasida  buyrakka  ta’sir  ko‘rsatadi.  Izafenin 

fenolftaleinga  nisbatan  kamroq  toksiklikka  ega.  Bundan  tashqari  bu  preparatlar 

gepatotoksik ta’sirga ham ega.  

Bisakodil (dulkolaks)

 va guttalaks antranoidlarni tutmaydi. Bisakodil sintetik 

modda bo‘lib, qaysi yo‘l orqali yuborilishidan qat’iy nazar (per os yoki per rectum), 

yo‘g‘on  ichak  devoridagi  sezuvchi  retseptorlarni  rag‘batlantiradi.  Yo‘g‘on  ichakda 

shilliq  ajralishi  ko‘payadi,  ichakning  qisqarishi  tezlashadi  va  kuchayadi.  Ichishga 

qabul  qilinganda  bo‘shashtiruvchi  ta’siri  bir  necha  soatdan  so‘ng,  ichak  orqali 

yuborilganda esa 1 soatdan keyin boshlanadi. 

Kombinatsiyalangan  preparatlar  ham  mavjud  –  laksakodil,  laksbene,  faol 

modda  sifatida  bisakodil  va  laksigal  tutadi,  ta’sir  etuvchi  boshlovchisi  natriy 

pikosulfat xisoblanadi.  

201 

 

2.  Ichak  saqlamasining  xajmini  oshiruvchi  moddalarga  gidrofil  kolloidlar  va 

tuzli bo‘shashtiruvchilar kiradi.  

Gidrofil  kolloidlar  me’da-ichak  yo‘liga  tushganda  shishib  ketadi  va  xajm 

kattalashadi,  ichak  shilliq  qobig‘i  retseptorlariga  ta’sir  etib,  ichak  qisqarishlarini 

kuchaytiradi  va  o‘rtacha  bo‘shashtiruvchi  ta’sir  ko‘rsatadi,  bu  ta’sir 8-10  soatdan 

keyin boshlanadi.  

Bu preparatlarni ichida alohida o‘rinni 

laktuloza (normaze)

 tutadi. Bu sintetik 

disaxarid  bo‘lib,  ichilganda  ingichka  ichakning  disaxaridazasi  ta’sirida 

parchalanmaydi,  so‘rilmaydi  va  osmotik  bo‘shashtiruvchi  kabi  ta’sir  etadi. 

Laktuloza  sutli  va  uksus  kislota  xosil  qilish  bilan  parchalanadi;  yo‘g‘on  ichak 

qisqarishlari kuchayadi, ichak xajmi ortadi va atsidoz rivojlanadi. rN ni pasaytirib, 

laktuloza  ammoniy  chiqaruvchi  mikroorganizmlar  o‘sishini  so‘ndiradi  va  yo‘g‘on 

ichakdan  qonga  ionizatsiyalanmagan  ammoniy  diffuziyasini  pasaytiradi,  shuning 

uchun  laktulozani  faqat  qabziyatlarda  emas,  balki  jigar  ensefalopatiyasida  ham 

qo‘llanadi. Jigar ensefalopatiyasi yo‘g‘on ichakda ammoniy xosil bo‘lib, uni tizimli 

qon  oqimiga  tushganida  zo‘rayadi.  Bo‘shashtiruvchi  DV  sifatida  preparatni  15  ml 

dan kuniga 2 mahal, jigar ensefalopatiyasida esa kuniga 30-50 ml beriladi. Nojo‘ya 

ta’siri  ko‘rinishida  qorinni  dam  bo‘lishi,  qorindagi  noxushlik  kuzatilishi  mumkin, 

bunda preparat dozasi kamaytiriladi.  

 

Nazorat savollari: 

1.N2-gistamin retseptor blokatorlarini berishga kursatma va karshi kursatma. 

2.  Xelikobakter  pilori  infeksiyasini  davolashga  nima  ko‘rsatma  bo‘lib 

xisoblanadi. 

3.  Antatsid  va  adsorbentlar  xlorid  kislotasini  neytrallash  xususiyatidan 

tashkari, yana kanday ta’sirlarga ega. 

4. Antatsid dori vositalarning nojuya ta’sirlari. 

5.  M-xolinolitiklarni  ko‘llaganda  kanday  noxush  xolatlar  kelib  chikishi 

mumkin. 

 

Foydalanilgan adabiyotlar 



202 

 

1. Mavlyanov I.R., Kats P.S., Maxkamova R.K. Klinik farmakologiya. Toshkent. 

2012 

2. Bertram G. Katsung. Bazisnaya i klinicheskaya farmakologiya v 2-x tomax, 

M., 2008. 1120 s. 

3.  Kats  P.S.,  Mavlyanov  I.R.,  Maxkamova  R.K.,  Daminova  L.T.  Klinik 

farmakologiya. (ratsional farmakoterapiya masalalari) T., 2004. 264 s. 

4.  Kats  P.S.,  Mavlyanov  I.R.,  Maxkamova  R.K.,  Daminova  L.T.  Klinicheskaya 

farmakologiya (voprosi ratsionalnoy farmakoterapii) T., 2004.276 s. 

5. Belousov YU.B. Klinicheskaya farmakologiya i farmakoterapiya, M.,2000. 

 

 



Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


iii-fsl---azrbaycan.html

iii-fsl---drslik-drslik.html

iii-fsl---i-cild-grsn-bir.html

iii-fsl---kitab-avropa.html

iii-fsl---qasim-haciyev.html