1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 32

III  b o b    1 - Tohir malik shaytanat qissa

bet6/32
Sana24.04.2017
Hajmi5.15 Kb.

III  b o b

 
 

1

 
 
Shahar markazidagi e’tiborli idoraning yerto‘lasida videobar ochishdi. Yerto‘laga 
imoratning biqinidan tushiladi. U ochilmasidan ilgari yerto‘lada idoraning eski-tuskilari 
saqlanardi. Ikki yil muqaddam idora yerto‘lani ta’mirlash uchun katta miqdorda mablag‘ 
ajratdi. Ayrim mahkamalar eshiklarini bo‘yatish uchun pul topolmay sarson yurganida bu 
idoraga ikki yuz ming so‘m ajratilishi hukumatning xotamtoyligimi yoinki idoraning 
erkaligimi, bilib bo‘lmadi. Qayta qurish degan narsa bilan bog‘liq voqealar shunchalar 
shiddatli edi-ki, «xalq arang tirikchilik qilayotganida yerto‘lani ta’mirlashga balo bormi» 
deydigan odam topilmadi. Zimdan qaraganda xalq g‘amini chekib yuruvchi bu idora 
xodimlari ham go‘yo oyoqlari ostida nimalar sodir bo‘layotganidan bexabar edilar. 
Yerto‘la ta’mir etilib, Asadbek ixtiyoriga o‘tgach ham «xalq fidoyilari»da ajablanish 
uyg‘otmadi. Ular olamshumul ishlar bilan — xalqqa ozodlik berish o‘yi bilan band edilar. 
Oyoqlari ostida nimalar bo‘layotgani esa ularni qiziqtirmasdi. 
Asadbekning qarorgohi uchun joy lozim ekan, tuzukroq imoratga qahat kelibdimi? 
Ayniqsa idoralar soni qisqarayotgan damda biron imoratni ijaraga olishdan osonroq ish 
yo‘q. Shahar ijroqo‘mining rahbarlaridan biri bu yumush bilan shaxsan shug‘ullanib, 
Asadbekning yangi idorasi uchun ko‘p joylarni tavsiya etdi. Asadbek barcha qulayliklarga 
ega imoratlardan voz kechib, shu yerto‘lani tanladi. Yerto‘laga imorat ichidan yo‘l bor 
edi. Asadbek ixtiyori bilan imorat biqini kavlanib, zinapoya qilindi, qalin poydevor 
teshilib, eshik ochildi. Yerto‘laga ikki tomondan kirib-chiqish imkoni tug‘ildi — shunisi 
bexavotirroqda. Davlat ajratgan ikki yuz ming so‘m bilan bir ishning uddasidan chiqish 
mushkul. Asadbekning besh yuz ming so‘mi xarob yerto‘lani o‘n ikki xonalik shinam 
saroychaga aylantirdi. Uning bir xonasi videobar, qolganlari ish yuritishga, hordiq 

Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

www.ziyouz.com

 kutubxonasi 
36
chiqarishga mo‘ljallangan edi. Maishatxona, hatto hammom ham nazardan chetda 
qolmadi. 
Yuqorida xalqparvarlar majlisdan bo‘shamay tomoq yirtishadi. Pastda esa Asadbek o‘z 
ishini yuritadi. Hammaning nazari yuqorida. Past bilan birovning ishi yo‘q. Videobarda 
choy, qahva, sharbatdan bo‘lak ichimlik yo‘q. Ochilganidan beri biron marta ham xorij 
filmini ko‘rsatmadi. Bisotida uch-to‘rt multfilm, eski hind filmlari, Sheralining, 
G‘ulomning kontsertlari... Bu yerga kunda beshta odam kirsa kiradi, bo‘lmasa yo‘q. 
Bular — kunduzning manzarasi. 
Tunda videobar o‘zgacha manzara kasb etadi. Soat o‘n birlarga yaqin imorat oldida 
ikkita militsioner paydo bo‘ladi. So‘ng oppoq «Volga»lar bir daqiqaga to‘xtab o‘tishadi. 
Undan tushgan sipo odamlar atrofga alanglab olib, yerto‘laga sho‘ng‘ishadi. Majlislardan 
xorigan xalqparvarlarning yetakchilari ko‘cha tomondan emas, ichkaridagi zinadan 
tushib boradilar. Tun hukmi zaptiga olganida oq «Volga»lar yana birin-sirin paydo 
bo‘ladiyu egalarini olib jo‘naydi. Shundan keyin militsionerlar ham g‘oyib bo‘lishadi. 
Tongga yaqin usti berk yuk mashinasi idora orqasidagi darvozadan hovliga kiradi. Bo‘sh 
shishalarni ortib jo‘naydi. Uning izidan «RAF» kelib to‘xtaydi. Biri biridan shirin qizlar 
mashinaga ildam chiqib o‘tirishadi. Soatga qaragan kishi yuk mashinasining uch, 
«RAF»ning bir daqiqada ish bitirib jo‘naganiga guvoh bo‘ladi. 
Idorada qorovullik qiluvchi yosh, chapdast yigitlar barcha ishni vaqtida, aniq bajarilishini 
ta’minlaydilar. Qayta qurish sharofati bilan barcha idoralardagi keksa xodimlar o‘rnini 
iqtidorli yoshlar egallaganidek, pensiya puli tirikchiligiga yetmay, shu qorovullik 
maoshiga ko‘z tikuvchi qariyalar tantana bilan kuzatilib, ular o‘rniga tog‘ni bexosdan 
urib  talqon qilib yubormasliklari uchun kamtarinroq ishni istagan yigitlarni olishdi. Bu 
yigitlar idoraga kiruvchi har bir kimsaga salom berguchi, bag‘oyat odobli ham edilar. 
Asadbek har uch yilda qarorgohini o‘zgartirardi. Dastlab guruhboshi bo‘lib ish 
boshlaganida Eski Jo‘vadagi pastqam uyni ijaraga olgan edi. Vassajuft, qorasuvoq uyda 
tuni bilan aroq ichib, chekib chiqilardi. Lekin ertasiga bu uyga kirgan odamning 
dimog‘iga qo‘lansa hid urilmasdi. Shuning uchun ham Asadbek o‘sha dastlabki 
qarorgohini ko‘proq yoqtirardi. Oradan yillar o‘tib, qarorgohlarini ko‘p o‘zgartirdi. Mana 
bu yangisi xon saroyidek bezaldi. Lekin ko‘ngil qurg‘ur baribir o‘sha qorasuvoq uyni 
qo‘msab qoladi. 

2

 
 
Yangi yil kutish bahonasida tunni bedor o‘tkazgan shahar tongni ko‘zda uyqu bilan kutib 
oldi. Kimdir tuni bilan televizor ko‘rib, kimdir ulfatlari bilan to‘yib ichib, kimdir jononlar 
bilan to‘yib maishat qilib, endi hordiq chiqarar edi. Bunday bayramlar Asadbekning 
odamlari uchun harom, u bayram kunlari yayrashni, maishat qilishni qat’iyan ta’qiqlaydi. 
Uning nazarida aynan shunday kunda qopqonga tushib qolish mumkin. Odamlari bunga 
ko‘nikib ketgan. Asadbek vaziyat va imkoniyatga qarab e’lon qilgan bayram kunlari 
yayrab olishadi. 
Yangi yilning birinchi kuni shahar uyqudan turmay, videobar eshiklarini ochdi. Boshqa 
kunlardan farqli o‘laroq, bu tun videobar ishlamadi. Oq «Volga»lar ham to‘xtab o‘tmadi. 
Videobar og‘asi, chaqchaygan ko‘zlaridan biron-bir ma’no uqish mushkul bo‘lgan, qalin 
mo‘ylovi turtib chiqqan tumshug‘iga husn berish o‘rniga battar xunuklashtirgan barzangi 
yigit xorijning qizil duxoba qoplangan yumshoq kursisiga yastanib olgan edi. U go‘yo 
teleekrandagi multfilmni tomosha qilar, xayoli esa yon kursida o‘tirgan, bashang 
kiyingan, ko‘zlarida sarosima suzayotgan odamda — vino zavodi boshqoni Qilich 
Sulaymonovda edi. 

Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

www.ziyouz.com

 kutubxonasi 
37
Boshqon sahar chog‘i videobar eshigi ochilishi bilan paydo bo‘ldi. Videobar og‘asi ham, 
peshtaxtani artayotgan xushbichim qiz ham unga «nima uchun keldingiz?» demadi. O‘n 
sakkizni qoralagan xushbichim qiz vazifasini aniq biladi: choy, qahva qaynatish, kelgan-
ketganlarga e’tibor bermaslik, videobar egasi imo qilgan odamga qarab shirin jilmayib 
qo‘yish. Videobar og‘asi ham vazifasini aniq biladi: salom-alikni joyiga qo‘yish, kelgan 
odamlarning, tanishmi yo notanishmi baribir, harakatini sinchiklab kuzatish, ortiqcha 
gaplashmaslik, savol bermaslik. Ana shu vazifasiga amal qilgani uchun ham, Qilichni 
yaxshi tanisa-da, salom-alikdan nariga o‘tmadi. So‘fi tahorat qilishga ulgurmay bu odam 
yetib kelibdimi, demak, sababi bor. Demak, a’yonlar, so‘ng xo‘jayin ham keladilar. U 
ichkarini tayyorlab qo‘ygan. Bundan ko‘ngli to‘q. Videobar yangi yil kechasida 
tashqaridan zulfinlanganday ko‘rinsa-da, ichkarida harakat to‘xtamagan edi. To‘rtta 
telefon qo‘yilgan xonadagi ikki qiz, peshtaxta ortidagi xushbichim qiz go‘yo xuru g‘ilmon 
singari videobar egasiga bir kechalik jannatni berishgan, bazm qurishgan edi. Tongga 
yaqin bazm eng shirin yerida barham topgan, xonalar sarishta qilib qo‘yilgan edi. Bazm 
isi xo‘jayin dimog‘iga yetib borsa, qay kunlarga tushishlarini bilishsa-da, bu tun shayton 
yo‘rig‘idan chiqisholmagandi. Ularga birov kelib «bu gunohingiz yaratganga ma’qulmas, 
endi jazolaydi», desa «tavba qilamiz, xudo kechiradi», deyishlari mumkin. Ammo 
«Asadbek bu ishingizdan xabar topdi» desa, yuraklari yorilib o‘lishlari hech gap emas. 
Chunki Asadbekning kechirmasligini barchalari bilishadi. Bila turib o‘zlarini tiyisholmadi. 
Nima qilishsin, tirik jon... 
Qilich ikkinchi piyoladagi choyni ichib ulgurmay eshik ochilib, jussasi kichik, eti 
ustixoniga yopishgan, qaldirg‘och mo‘ylabi o‘ziga yarashgan odam ko‘rindi. Bu odamni 
yaxshilab tanib oling: Haydar Asrorov, laqabi Kesak polvon. Asadbekning o‘ng qo‘l 
a’yoni. Ozg‘in, chayir bo‘lgani uchun Kesak polvon, deb atashgandir, desangiz 
yanglishasiz. Har bir jamoaning ichki tartibi, rasm-rusumi bo‘lganidek, bu olamning ham 
o‘ziga yarasha qonun-qoidasi bor. Shulardan biri — bu olamga qadam qo‘ygan har bir 
tirik jonga laqab beriladi. Laqab osmondan olinmaydi, balki xatti-harakati, fe’liga qarab 
topiladi. Jussasiga qarab tanlanganida Haydar Kesak emas, Toshpolvon yoki Temir 
polvon bo‘lishi kerak. Uning panjalarini Xudo suyakdan emas, temirdan yaratgan. Garchi 
sigir yilida tug‘ilgan bo‘lsa-da, Asadbek hazillashib buning muchali mushuk, deydi. 
Bunga sabab, yoshlik chog‘larida, hali «karate», «ushu» degan gaplar yo‘q paytida 
Kesak polvon mushtlashguday bo‘lsa mushukday sapchib, uch-to‘rt davangirga bas kela 
olardi. Kesak polvon anchadan beri o‘zi mushtlashmaydi. Yonida birgina imosiga mahtal 
bo‘lib turgan o‘zi singari chayir yigitlari bor. 
Kesakpolvon xonaga kirib, Qilich bilan so‘rashib olgunicha bir-ikki daqiqa vaqt o‘tadi. 
Salom-alik chog‘ida e’tiborga molik gap-so‘z bo‘lmagani uchun, vaqtdan foydalanib 
Haydarga Kesak polvon laqabi berilishining tarixini bayon qilay: 
Bu voqea ellik sakkizinchi yilda bo‘lib o‘tgan edi. Haydar Asadbek bilan yangi tanishgan 
kunlar. Ertalab ko‘proq temir yo‘l bekati atrofida «ov» qilar edi. Poezdda kelgan 
odamlarni zimdan kuzatib, puli bor, deb gumon qilinganlarining izidan tushardi. Bir kuni 
Haydar Namangandan kelgan ikki odamni mo‘ljalga oldi. Yaktagi ustidan qo‘shbelbog‘ 
bog‘lagan o‘rta yashar kishi uning e’tiborini tortdi. Ikkala odamning qo‘lida arzirli yuk 
yo‘q, belbog‘ esa do‘mpayib turibdi. Demak, bular bozorga meva-cheva olib keluvchi 
dehqonlardan emas. Pulni belboqqa bog‘lab to‘y-po‘y tashvishi bilan shaharga 
tushishgan. Haydar bunaqa odamlarning fe’lini biladi. Pulni yo mahsi qo‘njiga yo 
belboqqa yashirishadi. Ko‘pchilik belbog‘ni ma’qul ko‘radi: pul belga darmon, deyishsa 
kerak-da. Haydarning «mijoz»lari, aksiga olganday, tramvayga chiqishmadi. U yoqqa 
tentirab, bu yoqqa galdirab, uch vagonli tramvaylar bemalol bo‘lib qoldi. Endi ishni 
tramvayda eplashtirishning hech iloji yo‘q edi. Haydar ularning iziga tushib, Oloy 

Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

www.ziyouz.com

 kutubxonasi 
38
bozoriga qadar bordi. Lozim bo‘lganida himoya qilish maqsadida Asadbek unga soyadek 
ergashdi. Cho‘ntak, belbog‘ kesishga Haydardan o‘tadigani yo‘q edi. Xullas, belbog‘ 
kesildi. Kesishga kesdiyu og‘irligidan hayron bo‘ldi. Panaroqqa o‘tib qarasaki, belbog‘da 
sariq chaqa ham yo‘q — besh-oltita kesak hafsala bilan terib qo‘yilgan. Haydar «bu 
qishloqi ko‘zni shamg‘alat qilmoqchi ekan», deb o‘yladi. Aslida shaharni bir tomosha qilib 
kelay, deb yo‘lga otlangan bu dehqon «tahoratga kesak topiladimi yo‘qmi» deb har 
ehtimolga qarshi belbog‘iga tugib olgan edi. O‘shanda alamdan bo‘zarib turgan Haydarga 
qarab turib Asadbek rosa kuldi. Laqab ham o‘shanda tug‘ildi. Ikki oshna bu voqeani tez-
tez eslab, miriqib kulishadi. 
Kesakpolvon Qilich bilan omonlasha turib, peshtaxta ortidagi xushbichim qizga qarab 
oldi. Qiz unga shirin jilmaydi. Videobar egasi bu qarashning ma’nosini darrov ilg‘adi. 
— Okaxon, gap yo‘q, shkalad yeganday bo‘lasiz, — dedi qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib. 
Haydar ichkari kirib ketgach, xuddi kelishib olinganday Ehsonov paydo bo‘ldi. 
«Chuvrindi» degan laqab barvasta, yuzlari hamisha qip-qizil, ovozi temir jarangiday bu 
odamga uncha mos kelmaydi. Yoshligida olgan bu laqabiga ko‘nikib ketgan. Asadbek 
bilan Haydar Andijondan kelgan o‘n uch yoshli chuvrindi bu bolani oltmishinchi yilda 
qanotlariga olib yanglishmagan edilar. Kamgap, sermulohaza, urishganda esa otasini 
ham tanimaydigan beayov edi bu Chuvrindi. 
Haydar biron-bir masala xususida fikr yuritilganda tez, ammo sayozroq xulosa 
chiqarardi. Mahmud esa aksincha edi. Asadbek shuning uchun ham ko‘proq Mahmudga 
suyanardi. 
A’yonlar ichkariga kirib ketishgach, oradan yarim soat o‘tib, telefon jiringladi. Qiz 
go‘shakni qulog‘iga tutib, videobar og‘asiga ko‘z tikdi. 
— Xo‘jayin kelmas ekanlar. Begavotga ketibdilar, — dedi aybdor odamning ovozi bilan. 
Bu gapni eshitgan Qilich «ketaversammikin?» deganday videobar og‘asiga qaradi. Yigit 
qizning xabariga ham, Qilichning savol-nazariga ham e’tibor bermadi. Chunki bu 
xabarning siri xushbichim qizga va Qilichga noma’lum, videobar og‘asiga esa oyday 
ravshan edi. «Xo‘jayin kelolmaydilar» deb qo‘ng‘iroq qilindimi, demak, Asadbek yarim 
soatlardan keyin paydo bo‘ladi. Hozir ichkari xonaga o‘rnatilgan to‘rttala telefon ham 
jiringlab shunday xabar eshitilgan. Asadbek, ko‘ngli notinch mahallarda ana shunday 
nayrang ishlatib turardi. Birontasi izimga tushsa, poylab turgan bo‘lsa chalg‘iydi, deb shu 
usulni qo‘llaydi. Bu nayrang faqat eng ishonchli odamlargagina ma’lum. Asadbekning 
belgilangan joyga, belgilangan soatda kelmasligi, yo yarim soat avval, yo keyin paydo 
bo‘lishi ham unga ayon. 
Videobar og‘asi beparvo bo‘lgani uchun Qilich ham noiloj multfilmga tikilib o‘tiraverdi. 
Yarim soatda yuragi siqilib, joni halqumiga keldi. Oxiri chiday olmadi: 
— Men ketaveraymi? — deb so‘radi. 
— Okaxon, o‘tiribmiza-de chaqchaqlashi-ib... Choydan oling. Bugun oddix bo‘lsa, 
shoshib qayoqqayam borasiz. Hozir Sherni qo‘yib beraman. Bir mazza qiling, — u 
shunday deb xushbichim qizga qaradi. Teleekran pirpirab o‘chdi. Dam o‘tmay pirpirab 
yorishib, torini qo‘ltiqlab olib qo‘shiq aytayotgan Sherali ko‘rindi. Sherali uchinchi 
ashulani aytayotganda Asadbek keldi. Salomga alik oldiyu hol-ahvol so‘rashmasdan, 
indamay o‘tib ketdi. Videobar egasi Qilichga «Okaxon, ahvolingiz chatoq, xo‘jayinning 
fe’li aynigan», deganday qarab qo‘ydi. Qilich befahm odamlardan emas, Asadbekning 
rangi-ro‘yiga qarab, ahvoli yomonligini o‘zi ham bildi. 
Asadbek keng xonaga kirib a’yonlari bilan salom- 
lashgach, o‘rtada turib atrofga sinchiklab qaradi. U ichmas ham, chekmas ham edi. 
Shundanmi, dimog‘i har qanday isni ilg‘ab, ajrata olardi. Haydar ham, Mahmud ham 
yarim soatdan mo‘lroq vaqt shu xonada o‘tirib hech nimani sezishmagan edi. Asadbek 

Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

www.ziyouz.com

 kutubxonasi 
39
xonani ko‘zdan kechirgach: 
— Bo‘tqa! — deb baqirdi. 
Bo‘tqa — videobar egasi Kenjaning laqabi. U Asadbek kirib ketgach, joyiga borib 
o‘tirmay, eshik og‘zida turgan edi. Xo‘jayinning qahrli ovozini eshitgach, shoshilib kirdi. 
— Labbay, okaxon, — dedi qo‘l qovushtirib. 
Asadbek hech narsa demay teskari shapaloq tortib yubordi. Og‘iz-burni aralash tushgan 
kutilmagan zarbdan Bo‘tqa muvozanatini yo‘qotib yiqilay dedi. Bir urishda odamning 
jonini sug‘urib oladigan bu yigit gavdasini rostlab, «xo‘jayin, yana uring, mazza qildim» 
deganday qo‘l qovushtirib, boshini egdi. 
— Shu yerni ham harom qildingmi, hayvon! — dedi Asadbek unga qaramay. Bo‘tqa 
xo‘jayin tikilib turgan nuqtaga qarab, joni chiqib ketguday bo‘ldi. Kechasi maishat qilib, 
xonama-xona izg‘ishganda gangib bu xonaga ham kirgan, chordona qurib o‘tirib, 
yalang‘och qizlarni o‘ynatgan edi. Xonaga kirganida qo‘lida piyola bor edi. Konyakni ichib 
bo‘shagan piyolani stol tagiga qo‘yganicha unutgan ekan. Xo‘jayin kira solib, shuni ham 
ko‘ribdi. Bo‘tqa shoshilib piyolani oldi-da, chiqib ketdi. 
Asadbek o‘z o‘rniga o‘tmay divanga, Chuvrindining yoniga o‘tirdi. 
— Bularni bichib qo‘yishim qoldi, — dedi o‘ziga o‘zi gapirganday. 
Haydar ham, Mahmud ham Asadbekning qizi topilganini, uyga qay holda kirib kelganini 
bilardi. Lekin «qizingiz topilibdi, endi nima qilamiz», deb so‘rashmadi. Uzoq yillar birga 
bo‘lib, Asadbekning ko‘ziga qaraboq niyatini fahmlab oluvchi bu a’yonlar shu vaqt 
mobaynida sabrga ham o‘rgangan edilar. Ular Asadbekdan oldin gap boshlamasdilar. 
— Anavi to‘nkani nima qilamiz? — dedi Asadbek, jahldan tushib. 
Gap vino zavodi boshqoni Qilich Sulaymonov xususida edi. 
— O‘tgan kuni Xosilboyvachcha bilan uchrashgan, — dedi Kesakpolvon. 
— Besh kun avval ham uchrashgan edi, — deb eslatdi Chuvrindi. 
— Topgan odamini qara, — dedi Asadbek... 
— Tinchitib qo‘ya qolish kerak, — dedi Kesakpolvon. 
Asadbek Chuvrindiga qaradi. Agar u «ha» deb qo‘ysa, masala ancha oydinlashardi. 
Asadbek boshqa fikrda edi, Chuvrindidan shu fikrini qo‘llovchi, hech bo‘lmasa yaqin 
keluvchi gap kutdi. 
— O‘zi pishirgan sho‘rvani o‘zi ichsin, — dedi Chuvrindi. Bu gapdan Asadbek ko‘ngliga 
ravshanlik kirdi. 
— To‘g‘ri, chaqir uni, — dedi. 
Uchovlon yig‘ilib, yonlarida boshqa odam bo‘lmasa, dastyorlik vazifasi Chuvrindiga 
yuklanar edi. Hozir ham bu buyruqni malol olmay o‘rnidan turdi. Uning eshikni ochib 
ko‘rinish berishiyoq Qilichga vahm sochdi. «Taqdirimni birpasda hal qilishdimi?» degan 
xavotir bilan katta xonaga kirdi. Hozir u zavod boshqoni, shaharning manaman degan 
boyiga o‘xshamas, balki bir to‘p och mushuklarga ro‘para bo‘lgan bechora sichqon 
ahvolida edi. «Puling bo‘lsa, changalda sho‘rva» deyishadi. Puli ko‘p odam balki 
sho‘rvani chindan ham changalida ushlab turishi mumkindir. Ammo o‘z jonini ushlab 
qola olarmikin? Har kuni o‘nlab odamlarning ta’zimiga bepisand qarovchi Qilich, «senga 
rahbarman» deb po‘pisa qiluvchilarning ovozini besh-o‘n so‘m pul bilan o‘chirib qo‘ya 
oluvchi boshqon ishtonini bexos xo‘l qilib qo‘ygan boladek shalvirab qoldi. 
Asadbek xonaga ikki qadam qo‘yib, to‘xtab qolgan boshqonga tikildi. Chetdan qaragan 
kishiga Qilich ham, Asadbek ham qotib qolgan haykalday tuyulishi mumkin edi. Faqat 
Qilichbek ko‘zlarini pirpiratib haykal emas, tirik jon ekanidan dalolat berib turar edi. 
Asadbekning nigohi ilon avrovchisiniki singari o‘tkir edi. Shunday tikilganda hatto Haydar 
bilan Mahmud ham ba’zan kalovlanib qolishardi. Mana shu nigohning o‘zi yuz darra 
tushirishdan afzalroq edi. Chunki bunday qarashning oqibati dahshatliroq hukm bilan 

Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

www.ziyouz.com

 kutubxonasi 
40
yakunlanishi Asadbekning fe’lini bilganlar uchun sir emasdi. 
— Bu yoqqa o‘tiring, o‘g‘il bola. 
Asadbek kinoya bilan shunday degandan keyin ham, to Qilichbek ro‘paradagi yumshoq 
kursiga o‘tirguncha ham nigohini uzmadi. 
— Eshitdinglarmi, bu akamiz shaharga hokim bo‘libdilar? — dedi Asadbek. Garchi uning 
savoli a’yonlariga qaratilgan bo‘lsa-da, ko‘zi hanuz Qilichda edi. — Yo men xato 
eshitdimmi? Balki dunyoga hokimdirsiz, a? 
Qilich Asadbekka tik qarayolmay, madad istab a’yonlarga boqdi. 
Shu paytgacha ular orasida bunday ohangda gap-so‘z bo‘lmagan edi. Asadbek biron 
narsadan ranjisa odamlari orqali ma’lum qilardi. O‘zi mayda-chuyda gaplarga 
aralashmasdi. Qilich zavoddagi ishni yuritishda, ishga odam olish yoki bo‘shatishda 
Asadbek chizgan chiziqdan chetga chiqmas edi. Bosh muhandis qamalgan kuni chopar 
kelib «xo‘jayin xafalar» dedi-yu, uning oromini oldi. U Sharifning yuqori lavozimga 
noloyiq ekani, ishni buzayotganini aytib ogohlantirgan edi. So‘nggi suhbatda 
Asadbekning o‘zi «yo‘lini qiling» deb edi. U yo‘lini topdi. Endi xo‘jayin nima sababdan 
ranjiydi? 
— Asadbek aka, gunohim nima, ayting? — dedi Qilich. 
— Gapini qara-ya! Gunohini bilmasmish, — dedi Asadbek tizzasiga shap etib urib. — 
Sharifni nima qilding? 
— O‘zingiz aytdingiz... yo‘lini top, dedingiz. Ishlarimizdan hid olib, ochaman, devdi. 
— Ochsa nima?! Kimga ochadi? Kim kelib seni kishanga soladi? Pul topishni bilgan, aql 
topishni ham bilish kerak! Qamatishga sarflaganingning yarmisini o‘ziga bermaysanmi. 
— Pul olmaydigan qaysar eshshak-ku, u? 
— U olmaydigan eshshak bo‘lsa, sen pul berishni eplolmaydigan molsan! Pul olmaydigan 
odam yo‘q bu dunyoda, pul berolmaydigan lapashanglar bor. Bilib qo‘y, uch kunga 
qolmay Sharif uyda bo‘lishi kerak. 
Qilich Sharifning ishi yosh bir yigit qo‘lida ekanini bilardi. Shahar prokuraturasida so‘zini 
ikki qilmaydiganlar ham bor. Shu sababli Asadbekning buyrug‘idan cho‘chimadi. «Shu 
ham ishmi!» deb yengil tortdi. 
— O‘zing o‘rniga borib o‘tirsang ham chiqarasan, — dedi Asadbek yanada qat’iyroq 
ohangda. 
«Buncha vahima qiladi bu», deb o‘yladi Qilich. Lekin bu gapni tiliga chiqarmay «Xo‘p» 
deb qo‘ya qoldi. U osongina qutuldim, deb o‘rnidan turmoqchi edi, Asadbekning gapi 
joyiga qayta mixladi-qo‘ydi: 
— Hosilboyvachchaga salom aytib qo‘y. 
«Bilibdimi?!» Osongina qutuldim deb o‘ylagan Qilichning yuziga endi qizillik yugura 
boshlagan edi. Bu gapdan keyin rangi quv o‘chib, murdadan farqi qolmadi. 
— Hosilboyvachchaga aytib qo‘y: senikini artguncha, o‘zinikini eplasin. Kelib-kelib 
o‘shandan panoh izladingmi, e, so‘tak! 
— Men... panoh izlamadim... boshqa ish bilan borgan edim. 
— Qanaqa ish? — Asadbek shunday deb o‘rnidan turdi. Savol berishga berib qo‘yib, 
javob kutmadi. Stol tomonga o‘tib, g‘aladondan kattaligi sigaret qutisiday keladigan 
magnitofon olib jajji tugmasini bosdi. 
«Iltimosingizni bajardim, ora ochiq endi» — bu Hosilboyvachchaning ovozi edi. 
«Uning qamalganini bilib Asadbek quturibdi». Qilich o‘z ovozini eshitib o‘rnidan turib 
ketdi. Asadbek ham, a’yonlar ham uning harakatiga parvo qilishmadi. 
«Biz faqat olimvachchani yo‘qotishga kelishgan edik. Bu yog‘iga o‘zingiz balogardonsiz». 
«Shu ish bahona bo‘lib Asadbekni yo‘qotish kerak! Bu shaharga xo‘jayinlik qilish faqat 
sizga yarashadi...» 

Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

www.ziyouz.com

 kutubxonasi 
41
Bu gapdan keyin oraga sukut cho‘kdi. Qilichning ko‘z oldiga miyig‘ida kulimsirab turgan 
Hosilboyvachcha keldi. Asadbekning qanotida yurgan odamdan bunday gapni eshitish 
Hosilboyvachcha uchun tushunarsiz, zavod boshqoni chin dildan aytyaptimi yo ig‘vo 
boshlayaptimi — unga qorong‘i edi. Shahardagi ikki qo‘chqorning biri Hosilboyvachcha 
sanalsa-da, kuch Asadbek tomonda ekani barchaga ma’lum edi. Ikki qo‘chqor ko‘prik 
ustida uchrashsa, birining qulashi tayin. Bu haqiqat har ikkisiga oydin bo‘lgani uchun 
kalla qo‘yishga shoshilishmaydi. Ikki qo‘chqor orasida kelishuv borligi juda oz odamga 
ma’lum. Qilich nodonlik qilganini, bularning tili bir ekanini anglab yetdi. Endi 
magnitofondan chiqayotgan ovozlar uning qulog‘iga kirmadi. Xayoliga asta-sekin 
o‘rmalab kirib portlagan, «O‘ldiradi!» degan vahimali fikr tanasidagi jonni quvib 
chiqarganday edi. Kesakpolvon g‘azabdan jo‘shib, sapchib turib tumshug‘iga musht 
tushirdi-yu, uning tanasiga jon qaytdi. Yiqilib yotgan yerida avval dumbasidan so‘ng 
belidan bir-ikki tepki yegach, xayoli yanada ravshanlashdi. 
Chuvrindi Kesakpolvonni qo‘lidan ushlab ajratib qo‘ygach, Qilich o‘rnidan turdi. 
Cho‘ntagidan ro‘molchasini chiqarib, burnidan oqayotgan qonni artdi. «Endi o‘ldirishadi. 
Meni bu yerga ajal haydab kelgan ekan,— deb o‘yladi u. — Bitta boshga bitta o‘lim. 
O‘zim ahmoqman. Bularning baribir go‘r ekaniga aqlim yetmabdi. O‘zimni o‘ldirishsa 
mayli, bolalarimga tegishmasa bo‘lgani...» U o‘lim oldida so‘nggi gapimni aytib olay, 
degan maqsadda «Bolalarim...» deb so‘z boshlamoqchi edi, g‘o‘diranishdan nariga 
o‘tmadi. Kesakpolvonning bir zarbidan singan tilla tishlari gapirtirmadi. 
— Senga ijozat, — dedi Asadbek, yumshoq ohangga o‘tib. — Aytilgan ishni qil. 
Sharifning o‘rnini sovutma. 
Qilich «xato eshitmadimmi?» degan ajablanish bilan Asadbekka boqdi. Asadbek 
yumshoqroq ohangda gapirgan bo‘lsa-da, qarashi o‘sha-o‘sha o‘tkir, sovuq edi. 
«Sharifning o‘rnini sovutma, deb nimani nazarda tutdi? Vazifasiga tiklab qo‘y, dedimi yo 
qamoqdagi o‘rnini sovutma, demoqchimi?» Qilich singan tishlarini ro‘molchasiga tupurib, 
shu muammoni oydinlashtirish maqsadida so‘radi: 
— Joyida ishlayversinmi? 
— Qaerda ishlashini bizga qo‘yib ber. Sen uning o‘rnini sovutma. 
«Demak, qamoqdagi o‘rnini... Bir jihatdan shu durust. Bulardan bir-ikki yil nari 
yashaysan...» Qilich jonini qaytarib bergan hotamtoy akalariga ta’zim qildi. Ta’zimga 
javob bo‘lmagach, chiqib ketishi lozimligini uqdi. Tislanib yurib eshikka yaqinlashdi. 
— Bir umr qulingiz bo‘lmasam, kalomullo ursin, ko‘zim ochildi, aka! 
Bu gapdan ular quvonib ham ketishmadi, ajablanishmadi ham. 
Qilich quvonib ketganidan yoki mehri tovlanganidan ichmadi bu qasamni. Uning nazarida 
qirqqa kirib, lahadga tushib chirib yotgandan ko‘ra qolgan yigirma yilmi, o‘ttiz yilmi, 
umrini yorug‘ olamda, qullikda o‘tkazgani ma’qul edi. Yer yuzidagi odamlar turfa xil umid 
bilan umr o‘tkazadilar. Birovlar Vatan uchun jonni tikadilar, ba’zilar din pokligi, yana 
ayrimlar fan rivoji uchun... Qilichlar alohida toifaga mansub — ular shirin jonlari uchun 
Vatanni ham, dinni ham... tikib yuboradilar. Shunday ekan, joni foydaga qolgan damda 
bitta qasam ichib yuborsa, osmon uzilib yerga tushibdimi? 

Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


iii-international-62.html

iii-international-67.html

iii-international-71.html

iii-international-76.html

iii-international-80.html