1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 18

III BOB.  ESTETIK  ONG  VA - Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi

bet6/18
Sana09.02.2017
Hajmi26.53 Kb.

III BOB.  ESTETIK  ONG  VA


ESTETIK  FAOLIYAT


ESTETIK  ONG


EEEEE
stetik ong va estetik faoliyat o‘zaro bog‘liq bo‘lib, estetik
faoliyat estetik ong asosida  vujudga keladi, shakllanadi, ya’ni
estetik faoliyat ongning amalga oshirilishi va moddiylashtirishdir.
Agar muayyan talab-ehtiyojlar bo‘lmasa, inson faoliyatining
muayyan shakli ham vujudga kelmaydi.
Estetik talab-ehtiyojlar insonni faoliyatga undaydi.
Faoliyat esa yangi talab va ehtiyojlarni keltirib chiqaradi. Es-
tetik faoliyat moddiy ishlab chiqarishning barcha sohalarini —
mehnat sharoitlarini ham, mehnat samaralarini ham qamrab
oladi. Estetik faoliyat san’atda eng sof holda ko‘rinadi. Chunki
mehnat va san’at go‘zallik qonunlariga rioya qilgan holda
yaratiladi.
Olimlarning salohiyati, ijodiy mehnati natijalari va sama-
ralari ularning estetik madaniyati darajasiga bevosita bog‘liq
bo‘ladi. Faraz — estetik his-tuyg‘u bilan birgalikda kechadigan
jarayondir. Fahm-farosat — bu haqiqatni bevosita mushohada
etishdir.
Fahm-farosatsiz ijodiy faoliyat bo‘lishi mumkin emas. Ilmiy
ijodning estetik mazmuni quvonch, shodlik hissini qondi-
rishdagina emas, balki ilmiy izlanishlar natijalari va ularga
erishish usullarida ham ifodalanadi. Bular estetik his-tuyg‘u bilan
bevosita aloqada va bog‘liqlikda amalga oshadi.
Insonning har qanday faoliyatida estetik manba manbayi
mavjud bo‘lib, u o‘z faoliyati davomida moddiyat bilan birga
ma’naviyatga, ya’ni shodlik, sevinch, orzu-umid, erk-ozodlik
tuyg‘ulariga suyanib yashaydi, voqea-hodisalarni ijtimoiy

62
baholashga harakat qiladi. Inson o‘zining bu xususiyatini yo‘qotib
qo‘ysa, uning faoliyati mohiyat tabiatidan mahrum bo‘lib
qoladi.
Inson amaliy faoliyati jarayonida voqelikka bo‘lgan muno-
sabatining amaliy-nazariy, axloqiy va estetik shakllari vujudga
keladi. Insonning voqelikka bo‘lgan munosabati xilma-xil, ko‘p
qiyofali va rang-barangdir. Ular, bir tomondan, voqea-hodisa-
larning o‘zi ko‘p qiyofaliligi, serqirraliligi, ko‘p sifatliligidan,
ikkinchi tomondan esa faoliyat jarayonida tug‘iladigan inson
ehtiyojlari va manfaatlaridan kelib chiqadi.
Estetik ong (go‘zallik, xunuklik haqidagi tasavvurlar) hamda
san’atning voqelikka munosabati to‘g‘risidagi masala estetika va
san’atshunoslikning tub masalalaridan biri bo‘lib qoldi. Bu ma-
salani faylasuflar, san’at nazariyotchilari, rassomlar turlicha
hal qilib kelganlar.
Estetik ong kishining tabiat va jamiyat bilan o‘zaro aloqasi
jarayonida, mehnat jarayonida paydo bo‘ladi va rivojlanadi.
Masalan, dastlabki davrda stixiyali, keyin ongli ravishda ehtiyojni
qondirish uchun san’atkorona ish bajarish orqali rivojlangan.
Hayotning o‘zi go‘zallik manbayidir. Ong esa uni aks ettiradi.
Estetik ong hayotning hamma sohalarini — tabiatni ham,
kishining olamni o‘zlashtirishga qaratilgan faoliyatini ham
qamrab oladi.
Estetik ong bir necha turlarga bo‘linadi:
1. Estetik his-tuyg‘u.
2. Estetik did.
3. Estetik baho.
4. Estetik ideal yoki estetik orzu.
5. Estetik nazariya (konsepsiyalar va boshqalar).
Insonning olamni estetik o‘zlashtirishi bir-biriga chambarchas
bog‘liq bo‘lgan uch jihatdan iboratdir:
1. Obyektiv voqelikdagi estetiklik.
2. Subyektiv estetiklik (estetik ong).
3. San’at (subyektiv va obyektiv estetiklikning o‘ziga xos
birligi).
Estetika bu jihatlarning mohiyatini, qonuniyatlarini va
muayyan ko‘rinishlarini ularning dialektik birligida o‘rganadi.

63

ESTETIK  HIS-TUYG‘U


«Inson – butun bir olam,
faqat undagi asosiy tuyg‘u –
oliyjanoblik bo‘lsa bas».

F. M. DOSTOYEVSKIY


EEEEE
stetik his-tuyg‘u — insonning voqelikka, kishilarga, o‘z
faoliyatiga nisbatan munosabatidir. Bu tuyg‘u bizni o‘rab turgan
voqelikni estetik jihatdan his etish qobiliyatidir, uning go‘zal-
ligini, uyg‘unligini sezishdir.
Estetik tuyg‘u ijtimoiy va tabiat hodisalarining go‘zalligidan,
inson go‘zalligidan, inson mehnati, ijtimoiy faoliyat va san’at
go‘zalligidan zavq olishda namoyon bo‘ladi.
Estetik his-tuyg‘u — bu chuqur ma’naviy tuyg‘udir. O‘z
ishini vijdonan bajaradigan kishida mehnatdan faxrlanish,
hayotidan mamnunlik tuyg‘usi kuchli bo‘ladi, shunday tuyg‘u
bilan yashash insonga estetik zavq beradi.
Estetik his-tuyg‘u haqida Belinskiy shunday deydi: «Ularda
(bolalarda) estetik tuyg‘uni ham tarbiyalang. Bu barcha go‘zallik
va oliyjanoblik manbayidir».
Umar Xayyom estetik tuyg‘u haqida shunday deydi: «Asosiy
tuyg‘ular beshta: eshitish, ko‘rish, hid bilish, ta’m bilish, his
etish va bu badandagi jonga o‘xshagan barcha besh tuyg‘uning
o‘rni boshdadir. Shuning uchun ular toj yasadilar va uni boshga
kiygizdilar, sirg‘a yasab quloqqa taqdilar, bilakuzuk yasab qo‘lga
taqdilar, uzuk yasadilar va barmoqqa taqdilar va dedilarki, qilich
qo‘lning fazilati va kuchi bilan harakat qiladi. Qalam bo‘lsa,
barmoqning kuchi va iste’dodi bilan harakat qiladi».
Estetik his-tuyg‘ular murakkab ijtimoiy hodisa sifatida
nafosat, hamohanglik, ohang, shakllar, uyg‘unlik, moslik kabi
tushunchalar bilan birga shodlik, hayratlanish, ajablanish,
rohatlanish, lazzatlanish, ehtirom, zavq-shavq, nafrat kabi
tushunchalarni ham qamrab oladi.
Kaykovusning «Qobusnoma» asarida his-tuyg‘u a’zolarining
ahamiyati to‘g‘risida: «Qachonki, sezgilaring ishdan chiqib,
eshitmoq, ko‘rmoq, mazani bilmoq, qattiq va yumshoqni
ushlab bilish lazzatidan mahrum bo‘lsang, bunday yashashdan

64
o‘zing ham shod bo‘la olmaysan, boshqalarni ham shod qila
olmaysan, boshqalarni bo‘yniga tushgan og‘ir yuk bo‘lasan,
bu xilda yashashdan o‘lim yaxshiroqdir», deyilgan.
Ulug‘ sharq mutafakkirlaridan biri Abu Rayhon Beruniy
tuyg‘u a’zolari haqida shunday deydi: «Ko‘z ko‘rishiga kelsak,
mahluqotdagi hikmat izlarini kuzatib, undan xulosa chiqarish
va yaratilgan narsalarning yaratuvchisi haqida fikrga kelish uchun
xizmat qiladi. Eshitishga kelsak, quloq — Òangri so‘zi va uning
«qilgin» va «qilmagin» degan amr va qaytariqlarini eshitish
uchundir. So‘ngra quloq bunga qattiq bo‘ysunib, Xudoga yaqin-
lashish va chinakam eminlikka yetishish uchun yaratilgan. Bu
narsa donolardan ham, avomlardan ham yashirin emas».
Kaykovus «Qobusnoma» asarida: «Bilgilkim, hamma
hunardan so‘z hunari yaxshi, chunki boshqa jonivorlardan odam
o‘n daraja ortiqdir va bu afzallik odamning badanida bordir:
beshi odam tanasining tashqi tomonida zohir bo‘ladi va beshi
ichida yashiringandir».
1. Bir narsani yod qilmoq.
2. Hamisha esda saqlamoq.
3. Xayol qilish.
4. Farq qila bilish.
5. Nutq.
Beshtasi odam tanasining sezgi a’zolari bilan bog‘liq:
1. Eshituv.
2. Ko‘ruv.
3. Hid bilish.
4. Òa’m bilish.
5. Sezish.
«Bular boshqa jonivorlarda ham bor, ammo odamdagidek
emas. Shunga ko‘ra odamzod boshqa jonivorlar ustidan
hukmronlik qiluvchi podshodir», deb ta’kidlanadi.
Estetik his-tuyg‘ular bilan axloqiy va aqliy bilish his-tuyg‘u-
larini tarbiyalash jarayoni yaxlit bo‘lib, yakka insonning,
ayniqsa, bolalarning axloqiy tarbiyasi va aqliy ravnaqi ularning
estetik his-tuyg‘ularini rivojlantirish bilan qo‘shib olib boriladi.
Shu asosda estetik did tarbiyalanadi.

65
5 – Estetika asoslari

ESTETIK   DID


EEEEE
stetik did murakkab va ko‘p qirralidir. Estetik did insonning
fikr-mulohazalari, xulq-atvori, xatti-harakatlari, moddiy va
ma’naviy ijodkorligi orqali namoyon bo‘ladi. Estetik did voqea-
hodisalarning estetik sifatlarini inson tomonidan idrok etmoq
va baholamoq jarayonida olinadigan qoniqish yoki qoniqmaslik
tuyg‘usi orqali ifoda topadi. Estetik did zaminida go‘zallikni
xunuklikdan ajrata bilish va undan beg‘araz shodlanish, lazzat-
lanish qobiliyati yotadi. Estetik did his-tuyg‘ular bilan ish ko‘-
radi, ya’ni hayot go‘zalliklari va voqealarni his eta bilish, voqeali
to‘qnashuvlarda farqlay olish qobiliyati orqali namoyon bo‘ladi.
Estetik did odamlarning dunyoqarashi, ayniqsa, estetik
qarashlari orqali yorqinroq ko‘rinadi. Lekin estetik qarashlar
va bilimlar hamma vaqt ham estetik didni ifodalamaydi. Ba’zan
inson muayyan estetik qarashlar va estetik bilimlarga ega bo‘la
turib ham past yoki rivojlanmagan estetik did egasi bo‘lib qolishi
mumkin. Musiqa eshita olish qobiliyati va bu jihatdan estetik
didni tarbiyalash masalasi sharq allomalaridan Forobiyning
mulohazalaridan chetda qolmaydi.
Estetik did go‘zallik yoki xunuklik to‘g‘risida hukm chiqarish
qobiliyatimizdir. U bir o‘rinda estetik baholash hamdir, masa-
lan, biron tomoshadan so‘ng kishilar «yoqdi», «yoqmadi»,
«maroqli», «zerikarli» deb hukm chiqaradilar. Bu hukm didning
sof bahosi hisoblanadi. Insonning ibtidosida, avvalo, «oziq-
lantiruvchi quvvat» paydo bo‘lib, uning yordamida inson
oziqlanadi. Shundan so‘ng «tashqi va ichki quvvatlar» yuzaga
keladi. Òashqi «quvvat», ya’ni  bevosita tashqi ta’sir natijasida
sezgi a’zolari orqali vujudga keladi. Òashqi quvvatlar 5 turlidir:
1. Òeri-badan sezgisi.
2. Òa’m bilish sezgisi.
3. Hid bilish sezgisi.
4. Eshitish sezgisi.
5. Ko‘rish sezgisi.
Bularning hammasi hissiyot quvvati deb ataladi. Ichki
quvvatlarga:
1. Esda olib qolish.

66
2. Xayol (xotira, tasavvur).
3. His-tuyg‘u.
4. Nutq (fikrlash) quvvatlari kiradi.
Bunda u aqliy bilish nazariyasining bosqichini nazarda tutadi.
Abu Rayhon Beruniy his-tuyg‘u a’zolari haqida quyidagicha
ta’rif keltiradi: «Ularni pancha modali, ya’ni besh ona deb atay-
dilar va sezish orqali bilinadigan beshta narsalar»:
1. Sodda unsur bo‘lgan osmon — shabada, ya’ni eshitilib
bilinadigan.
2. Shamol — sparma, ya’ni tegib bilinadigan.
3. Olov — ro‘pa, ya’ni ko‘rilib bilinadigan.
4. Suv — rasa, ya’ni tatilib bilinadigan.
5. Òuproq — gandha, ya’ni hidlanib bilinadigan narsalardir.

ESTETIK  BAHO


EEEEE
stetik baho predmet yoki hodisaning qiymati va kamchilik-
nuqsoni haqida hukm chiqara olishdir. Biz voqelikka estetik baho
berar ekanmiz, emotsional jihatdan o‘sha narsa bizda uyg‘otgan
tuyg‘uni ifodalaymiz. Masalan, nurafshon ko‘cha, sershovqin
shahar, ajoyib inson va hokazo.
Estetik baho umuman voqelikka, jumladan, istagan bir aniq
buyumga bo‘lgan nuqtayi nazarimizning ajralmas bir qismidir.
Estetik baho — bu go‘zallikning hodisa va faktlarning estetik
qimmatini bevosita emas, balki ma’nosiga to‘la tushungan holda
bilishdir. Estetik baho — bu oddiy sevgi, kechinma (ba’zan
chuqur, lekin stixiyali kechinma) emas, balki ma’lum estetik
tamoyillarga, estetika sohasining mohiyatini chuqur tushunishga
asoslangan baho berishdir. Bunday baho berish — tahlil etish,
isbotlash, asoslash mumkinligini nazarda tutadi.
Estetik did bilan estetik baholash o‘rtasida farqli va umumiy
tomonlar mavjud. Estetik baholash — didning aynan o‘zi emas,
balki uning fikr-mulohazalari og‘zaki ifodasidir. Uning fikr-
mulohazalarida aqliy tomon ko‘proq o‘rin egallaydi. Did fikr-
mulohazalari (aqliy) doimo baholanayotgan narsaning, voqea-
hodisaning anglab o‘zlashtirilishi bilan bog‘liq bo‘lib, boshqa-
larga mo‘ljallangan holda dalillarning mantiqiy isbotlanishini
taqozo etadi.

67
Xulosa qilib aytganda, estetik baho jamiyat va tabiat
hodisalari, inson mehnatining, san’at asarlarining mahsuli
haqida asosli estetik muhokamaning natijasidir.

ESTETIK  IDEAL


«Ideal – yo‘lchi  yulduzdir. Usiz aniq yo‘lni
topish qiyin, aniq yo‘l bo‘lmasa – hayot
ham yo‘q».

L. N. ÒOLSTOY


EEEEE
stetik ideal — bu grekcha «tasavvur» yoki «orzu» demakdir.
Idealni, asosan, ijtimoiy ideal, axloqiy ideal va estetik idealga
bo‘lish mumkin.
1. Ijtimoiy ideal — biron-bir ijtimoiy guruhning intilishlari va
faoliyatining oliy maqsadi manfaatlariga muvofiq keladigan
tasavvur.
2. Axloqiy ideal — axloqiy kamolot haqidagi tasavvurlardir,
ya’ni o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam, adolatparvarlik, ijtimoiy
burchni yuksak darajada bajarish, haqqoniylik, kamtarlik va shu
kabi xislatlarni nazarda tutadi.
3. Estetik ideal — subyekt bilan obyekt, inson bilan ijtimoiy
butunlikning tarixan eng to‘liq uzviy birligi bo‘lib, bu birlik
tub maqsadlar sifatidagi inson ijodiy kuchlarining erkin va har
tomonlama rivojlanishida o‘z ifodasini topadi.
Idealsiz, ya’ni ma’lum darajada qandaydir ezgulikka intilish-
siz hech qachon hech qanday yaxshi jamiyat bo‘lishi mumkin
emas.
Inson go‘zalligining har tomonlama mukammalligi kishi
go‘zalligining estetik ideali hisoblanadi.
Ideal tushunchasi to‘g‘risida Lev Òolstoy o‘zbek ziyolisi
marhum (1938-yilda qatl etilgan) Ubaydullaxo‘ja Asadulloxo‘ja
o‘g‘liga yozgan xatida (1909-yil) shunday deydi: «Idealni
taomilning oddiy qoidasi deb bilish katta xato yoki o‘z-o‘zini
aldashdir. Bu hayotda hech qachon to‘la erishib bo‘lmaydigan,
yetuk kamolotni talab etuvchi idealgina ideal bo‘la oladi. U
hayotda Rahnamo sifatida zarurdir, hayotda erishib bo‘lmaydigan
ana shu kamolotdan dalolat bergandagina zarurdir. Mehr-mu-
habbat ideali haqida ham shuni aytish mumkin».

68
Ideal — jamiyatning yuksak va oliyjanob maqsadi, kelajakdan
ko‘zlangan g‘oyasi, orzusi. Ijtimoiy ideal misoli mayoq bo‘lib,
jamiyat qayoqqa va qanday maqsadda qadam tashlashida g‘oyaviy-
mafkuraviy va ma’naviy-ruhiy yo‘l ko‘rsatib turishi lozim.
Ijtimoiy ideal zaruriyati shunda. Estetik orzu muayyan shaxsga
taalluqli xususiyat bo‘lib, shaxs ma’naviy dunyosining tabiiy
qismidir. Barcha ulug‘ ijodkorlar avvalgi davrlarning ijtimoiy
ideallaridan ham kuch-quvvat olganiga tarix guvoh.
Ijtimoiy ideal aniq bo‘lsagina jamiyatda badiiy adabiyotga
sog‘lom ehtiyoj paydo bo‘ladi. Millatning butun ma’naviy-ruhiy
quvvati ijtimoiy idealda jamlanadi va aniq maqsadga yo‘naltiradi.
Ayni shunday sog‘lom ehtiyoj katta adabiyotni vujudga keltiradi.
Bu hol badiiy adabiyotning erkinligiga rahna solmaydi. Chunki
erkinlik boshboshdoqlik bo‘lmay, ko‘zlangan oliy maqsad sari
sobitqadam bilan yurishdir. Aks holda adabiyot yo‘lini yo‘qotgan
odam kabi to‘rt tarafga alanglab, joyida depsinib qolishi mumkin.
Buyuk adabiyot kuchli va barqaror davlat hamda kuchli jamiyatga
xos hodisadir. Bir so‘z bilan aytganda, estetik ideal bu
mukammallik to‘g‘risidagi orzu. Inson mavjud ekan, beixtiyor
mukammallikka  — tobora yuksaklikka intilaveradi. O‘zbek xalq
ertaklarida  xalq o‘zining go‘zallik idealini parilar timsolida
ko‘radi. Parilar go‘zallik idealigina bo‘lib qolmay, adolat-
parvarlik, insonparvarlik orzusi hamdir. Go‘zallik esa g‘oyat nafis.
Uni avaylab-asrash lozim.
Mirzo Bedilning dunyoni bilish, estetik ong haqidagi
qarashlari quyidagilardan iborat:
Faylasuf bilishning birinchi bosqichi tashqi, moddiy borliq
ta’siri bilan hosil bo‘luvchi hislar, tuyg‘ular bilan bog‘liq ekan-
ligini yozadi va hidlash (shoma), ko‘rish (binoi), ta’m tuyg‘usi
maza (zoika), eshitish (shunidani) va teri, sezish, paypaslash
(lomiso)ning xizmatlari haqida birma-bir gapiradi.
Ana shu sezgi a’zolariga tashqi dunyoning ta’siri natijasida
insonda sezish, his etish boshlanadi, so‘ngra esa tasavvur, shuur,
idrok fikr (xayol) paydo bo‘ladi. Bedilning fikricha, sezgi,
tasavvur va fikrning manbayi insondan tashqaridagi mavjud
obyektdadir.
Nazarda, ko‘zgu oldida boshqa obyekt bo‘lmasa, hech kimda
tasavvur hosil bo‘lmaydi. Demak, inson his, tasavvur, o‘ylash,

69
tushuncha hosil qilmog‘i uchun uning oldida biror boshqa obyekt
bo‘lmog‘i lozim. Bu boshqa narsa — obyekt inson bilishining
manbayi hisoblanadi.
Hidlash — isni, ko‘z — rangni, tanglay va lab — ta’mni,
quloq — tovushni tanlab oladi. Bulardan boshqa nimaiki xayol-
fikr ko‘rmoqchi bo‘lsang behuda uringan bo‘lasan. Chanqoq
har joyda ham suvni, nurga muhtoj — quyoshni xohlaydi.
Bedilning nuqtayi nazarida, hislar orqali obyektdan olingan
sezgilar zehnda saqlanib, ong (aql) oynasida jilvalanadi.
Bedil aqlni, ongni xuddi oynaga o‘xshatadi: unda tashqi
ashyolar o‘z izlarini qoldiradilar, o‘z suratlarini, obrazlarini
yasaydilar, shu tufayli miyamizda fikrlar tug‘iladi.

SEZGI,  TASAVVUR  VA  TAFAKKUR  HAQIDA


B
B
B
B
B
edil tafakkurning ma’nosi, ashyoning — narsaning tubiga
— negiziga yetishdadir hamda ashyo — narsaning haqiqatni
suratlar shakllarida ko‘rsatishdadir, deb hisoblaydi.
Yuqorida aytilganlardan u sezgi, tasavvur, tushuncha, aql,
tabiatda, olamda o‘z manbalariga egadir, deb aniq-ravshan
so‘zlaydi.
Bedilning fikricha, insonda uch xil kuch bor:
1. Jismoniy kuch.
2. Aqliy kuch.
3. Ruhiy kuch.
Jismoniy kuchning dalili — insonning harakati, mehnat
qilishidir.
Aqliy quvvatning shohidi — insonning bilim olishi.
Ruhiy quvvatning belgisi — insonning yolg‘iz Xudoni ta-
nishga va unga e’tiqod qilishga urinishidadir.
Shunisi muhimki, sezgi a’zolarining ong va uning faoliya-
tidagi roli masalasi Sharq mutafakkirlari Ibn Sino, Kaykovus,
Forobiy, Beruniy, Umar Xayyomlarni ham qiziqtirib kelgan.
Shunisi ajablanarliki, ularning sezgi a’zolarining ong faoliya-
tidagi roli haqidagi fikrlari ong haqidagi hozirgi falsafiy, ruhiy
tushunchalarga g‘oyat yaqindir. Masalan, Ibn Sino «Urjuza»da
sezgi a’zolariga shunday ta’rif beradi:

70
Òo‘qqiz erur nafsoniy quvvat son-hisobda.
Andin biri sezgiga xos ushbu bobda
Qulog‘-u ko‘z, so‘ngra burun sezgi miza,
Komil bo‘lur hislar agar tegib sezsa.
Bu yerda buyuk hakim tashqi sezgilarga baho bergan bo‘lsa,
ichki sezgilar haqida shunday deydi:
Alar ichra bordur shunday quvvat,
Narsa esda aks etadi xuddi suvrat,
Boshqa quvvat bordir – andin hosil fikr,
O‘zgasi-la hosil bo‘lar xotir zikr.
Demak, bu yerda Ibn Sino tafakkur, his-tuyg‘u, tasavvur,
xayol, did kabi kishi ongidagi ichki sezgilarni ko‘zda tutadi.

ESTETIK  QARASH  VA  NAZARIYALAR


EEEEE
stetik ongning yana bir tarkibiy qismi estetik qarashlar va
nazariyalar bo‘lib, ular estetik ongning g‘oyaviy sohasini tashkil
etadi va ular tabiat, hayot, san’at mohiyati haqidagi fikr-mulo-
hazalar va g‘oyalar tizimini anglatadi.
Mafkura sohasiga xos bo‘lgan barcha belgilar estetik qa-
rashlarga ham taalluqlidir. Mafkuraning barcha turlari kabi estetik
qarashlar ham daf’atan tartibga tushmagan, o‘zidan-o‘zi vujudga
kelmagan, balki jamiyatning ilg‘or namoyandalari amalga
oshirayotgan ongli faoliyatlari natijasida ishlab chiqilgandir.
Estetika sohasi mutaxassislari voqelikning estetik tomonlarini,
odatdagi estetik his-tuyg‘u, did, odamlar kayfiyatlarini umum-
lashtirib, g‘oyalar va tushunchalar tizimi orqali ifodalash
qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilardir.
Nafosat, oliyjanoblik, fojiaviylik, kulgililik, san’atning mo-
hiyati va burchi masalalarini qamrab olgan estetik qarashlar va
nazariyalar estetik ongining barcha qismlariga ta’sir o‘tkazadi.
Estetik his-tuyg‘ular, didlar, ayniqsa, orzular xususiyati ko‘p
jihatdan estetik qarashlar va nazariyalarga bog‘liq bo‘ladi.
Estetik qarashlar va nazariyalar u yoki bu estetik hodisalarga
taalluqli g‘oyalar va tushunchalar, ta’limotlar ko‘rinishida na-
moyon bo‘ladi.

71
Estetik nazariya — bu estetik obyektni butunligicha qamrab
oladigan tamoyillar, qarashlar, tushunchalar, qoidalar, aqida-
lar, bilimlar tizimidir. Estetik nazariya mantiqqa, tamoyil-
tizimlarga, dalil-isbotlarga, falsafiy uslubiyotga asoslanadi.

ESTETIK  FAOLIYAT


EEEEE
stetik faoliyat asosini insonning muayyan talab va ehtiyojlari
tashkil etadi. Inson faoliyatining xususiyati ana shu talab va ehtiyoj
tabiati bilan belgilanadi.
Estetik faoliyatning asosiy xususiyatlari ham estetik ehtiyoj-
lar bilan belgilanadi. Inson faoliyatining barcha turlari ijtimoiy
hayot jabhalarida namoyon bo‘ladi. Estetik faoliyat inson moddiy
yoki ma’naviy faoliyatining o‘zagi bo‘lib, uning barcha shakllari
inson kuch-qudrati mohiyatining erkin ifodasi bo‘lib borgani
sari estetik mazmun kasb etaveradi. Shunday qilib, estetik faoliyat
inson faoliyati boshqa shakllarining «insoniylik» mezoniga
aylanadi. Estetik faoliyat ilmiy ijodning ham estetik tomonini
tashkil qiladi. Lekin estetik omillar ilmiy ijodga tarkiban xos
bo‘lib, unga yordamchi omil vazifasini o‘taydi. Juda ko‘p ilmiy
tadqiqotlar va atoqli olimlar guvohlik berishlaricha, olimning
salohiyati, ijodiy mehnati natijalari va samaradorligi uning
estetik madaniyati darajasiga bevosita bog‘liq ekan.
Estetik faoliyat ilmiy izlanishlarning hamma bosqichlarida
ilmiy muammolarning qo‘yilishi, ularning yechimi, olingan
ilmiy natijalarni baholash jarayonida katta ahamiyat kasb etadi.
Eng yaxshi san’at asarlari insonlarda xayol-farazni vujudga
keltiradi va yaxlitlik, nafosat his-tuyg‘usini uyg‘unlashtiradi,
tafakkur qilish qobiliyatini oshiradi, erkin dunyoqarash baxsh
etadi, yuksak muloqot madaniyatini shakllantiradi, hozirgi fan
ravnaqi uchun juda muhim ahamiyat kasb etadigan barcha
qobiliyat imkoniyatlarini safarbar qilishga undaydi.
Estetik ong oddiy his-tuyg‘u emas, balki muayyan axloqiy,
huquqiy, ilmiy-mafkuraviy qadriyatlarga asoslangan e’tiqoddir.
Demak, estetik ongning mohiyati, mazmuni insonning
o‘zini anglash darajasi bilan bog‘liq. Estetik ong shakllangan
e’tiqodlar, maqsad va manfaatlar tizimi, o‘z-o‘zini anglash
esa shu tizimning shakllanish jarayonidir.

72
Estetik faoliyat nisbatan badiiy faoliyatda, ya’ni san’atda
eng sof holda ko‘rinadi. Shu bois san’at estetik faoliyatning
ixtisoslashgan ko‘rinishidir. Inson faoliyatining asl xususiyat-
larini anglash uchun san’atga murojaat qilish maqsadga muvofiq
keladi. Chunki san’at o‘z tabiatiga ko‘ra ijodiy maqsadga
qaratilgan, «nafosat qonunlariga rioya qilingan» bo‘lib, undan
inson faoliyatining eng muhim belgilari ko‘rinadi.
Estetik faoliyat moddiy ishlab chiqarishning barcha soha-
larini – mehnat sharoitlarini ham, mehnat samaralarini ham
qamrab oladi. Mehnat insonning jismoniy va ma’naviy kuch-
qudratining mohiyatini ko‘proq ifodalasa, uning estetik
ahamiyati ham shunchalik ko‘proq ortib boradi.
Mehnatning estetik jihatdan to‘laqonli bo‘lishi, birinchi nav-
batda, obyektiv omillarga, qolaversa, ishlab chiqarish jarayoni
qatnashchilarining umumiy va estetik madaniyati darajasiga
bog‘liqdir. Bu yerda mehnat sharoitlari ham muhim o‘rin tutadi.
Ishlab chiqarish muhitining estetik jihatlarini vujudga
keltirish, unga «ma’naviy qadriyat» maqomini berish dizayn
(sanoat estetikasi)ga oid rasm chizmalar, modellar, bezaklar
vositasida ham amalga oshiriladi. Hozircha estetik adabiyotda
dizaynning yagona hammabop yaxlit qoidaga aylangan ilmiy
ta’rifi yaratilmagan. Lekin ko‘pchilik tadqiqotlar dizayn badiiy-
texnik faoliyat turidir, deb qarashga moyildirlar.
Òexnik estetika o‘zining tadbiqiy tomoni bilan bevosita texnika
bilan qorishib ketadi. Dizayn dunyoqarashga ham taalluqli bo‘lib,
u umumiy estetik nazariya oqimiga kelib quyiladi. Bu yerda
dizaynning maxsus faoliyat turi sifatidagi xususiyatlarini, dizayn
va san’atning o‘zaro munosabatlari, sanoat mahsulotlarini ishlab
chiqarishda badiiy ijod ishtiroki, ular o‘rtasidagi umumiylik va
farqlar, texnikaning estetik jihozlanishi va estetik qiymati kabi
muammolar tahlili estetik faoliyat uchun ko‘p samaralar
berishi mumkin.
Dizayn muhandislik, ilmiy va badiiy faoliyat qorishiq holda
namoyon bo‘ladi, lekin dizayn ularning birontasiga aylanib
qolmadi. Dizayn san’atdan bahra oladi. San’at bilan dizayn
o‘rtasida umumiylik bo‘lsa-da, ular estetik faoliyatning ikki xil
turlaridir. Dizayn san’atdan qanday farq qiladi? Ayonki, badiiy
faoliyat u yoki bu ko‘rinishida faqat g‘oyalargina emas, balki

73
narsalar ishlab chiqarish bilan bog‘liq. San’at, avvalo, ma’naviy
ishlab chiqarish turi, ong va bilish sohasidir. U san’atning tub
mohiyatini ifodalaydi.
San’at estetik qadriyati ma’lum darajada «foyda» qadriyat-
lariga ziddir, ya’ni san’at asari moddiylikdan ko‘ra ko‘proq
ma’naviy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan bo‘ladi. Dizayn
mahsulotlari mashinalar, binolar va boshqalarda moddiy «foyda»
xususiyati bo‘rtib turadi. Bu yerda narsaning burch-vazifasi uning
ijtimoiy ahamiyati, inson ehtiyojini qondirish qobiliyati bilan
aniqlanadi. San’at bilan dizayn o‘rtasidagi farq haqida
gapirganda, san’at mansubligidan asari qaysi moddiy tizimga,
qaysi muhitda vujudga kelganligidan qat’i nazar, mustaqil
qiymatga ega ekanini ta’kidlash kerak.
Dizayn mahsuloti esa narsalar tizimining ajralmas qismi
bo‘lib, undan tashqarida amal qila olmaydi. Uning estetik qiymati
muayyan narsalar «tizimi»ga qanchalik mos kelishi bilan
o‘lchanadi, ya’ni dizayn faoliyatining obyektini alohida olingan
mashina emas, balki o‘zining barcha jihozlari, tashqi va ichki
bezaklari ko‘rinishi va hokazo shakllari bilan birgalikda yaxlit
olingan «mashinalar tizimi»ni tashkil etishi shart.
Hozirgi sharoitda dizayn tobora umumbashariyat muam-
molari bo‘lgan tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish, inson
salomatligini va uni qurshab turgan muhitni himoya qilish
vazifalarini bajarishda faol ishtirok etmoqda.

Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


iii-shok--shok----lekcii.html

iii-sonu-yerine----.html

iii-srinortalar---btda.html

iii-stara-istina-u-novom.html

iii-strah-son-detstvo--.html