1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 16

III bob. TEKIS AYLANMA - I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat

bet6/16
Sana07.12.2017
Hajmi3.78 Kb.

III bob.


TEKIS AYLANMA 


HARAKAT


Biz shu vaqtgacha trayektoriyasi to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘lgan harakatni 
o‘rgandik. Jismning trayektoriyasi to‘g‘ri chiziq bo‘lmagan har qanday 
harakati egri chiziqli harakatdir. Egri chiziqli harakatlarning eng sodda 
ko‘rinishi esa aylanma harakat bo‘ladi.
Aylanma harakat haqida tushunchalarga ega bo‘lishimiz eng mayda 
zarracha – elektronlardan tortib sayyoralarning o‘z orbitalari bo‘yicha 
aylanma harakatlarini tahlil qilishda, turmushimizda foydalanadigan ko‘plab 
asboblarning aylanma harakat qiladigan qismlarini o‘rganishda yordam 
beradi. Ushbu bobda jismning tekis aylanma harakati bilan tanishamiz.

15-§. JISMNING TEKIS AYLANMA HARAKATI


Tekis aylanma harakat haqida tushuncha


Soat millari uchining, bir xil tezlikda ketayotgan velosiрed yoki avtomobil 
g‘ildiragining, ishlayotgan ventilyator parragining harakatini tekis aylanma 
harakat deyish mumkin. Eslatib o‘tamiz, tekis deganda yo‘nalish bo‘yicha 
tekis emas, vaqt o‘tishi davomida bir xil tezlikni tushunishimiz kerak. 

Agar moddiy nuqta aylana bo‘ylab ixtiyoriy teng vaqtlar orasida 


teng uzunlikdagi yoylarni bosib o‘tsa, bunday harakat tekis 


aylanma harakat deyiladi.


Moddiy nuqtaning aylana bo‘ylab harakati deganda, aylanma harakat 
qilayotgan jismning biror nuqtasi ko‘zda tutiladi. Masalan, soat milining ma’lum 
bir  nuqtasini,  aytaylik,  uchini  moddiy  nuqta  deb  qarash  mumkin.  Velosiрed 
yoki avtomobil g‘ildiragining o‘qidan ma’lum bir uzoqlikdagi nuqtasini ham 
moddiy nuqta deb olsa bo‘ladi. Bunda g‘ildirakning aylanma harakati yerga 
nisbatan  emas,  balki  velosiрed  yoki  avtomobil  korpusiga  nisbatan  qaraladi.

57
III bob. Tekis aylanma harakat

46-rasm.

 Turli nuqtalarning 
bosib otgan yo‘li
A
1
Δs
2
Δs
1
Δs
A
2
O B
2
B
1
A
B
˘
˘
˘

47-rasm.

 Burilish 
burchagining hosil bo‘lishi
Δφ
O
R
A
B

48-rasm.

 Burchakning 
radian o‘lchovi
R
O
3,14 rad
3 rad
1 rad
2 rad
Δs
˘

Chiziqli tezlik va burchak tezlik


Aylanma harakatda jismning aylanish o‘qidan 
turli  uzoqlikdagi  nuqtalari  ma’lum  Δt vaqt da­
vomida  turli  uzunlikdagi  Δ˘s  yoylarni bosib o‘ta­
di.  46-rasmdan  ma’lum  Δt vaqt ichida jismning A 
nuqtasi Δ˘s yoyni, A
1
  nuqtasi Δ˘s
1
 ni, A
2
 nuqtasi esa 
Δ˘s
2
 yoyni bosib o‘tishi ko‘rinadi. Bu nuqtalarning 
vaqt birligida bosib o‘tgan masofalari, ya’ni 
tezliklari har xildir. 
υ =
Δ˘s .
∆t

Aylanma harakat qilayotgan moddiy nuqtaning vaqt birligi 


ichida yoy bo‘ylab bosib o‘tgan yo‘liga son jihatdan teng bo‘lgan 


kattalikka chiziqli tezlik deyiladi.

 
Jism R radiusli aylana bo‘ylab tekis harakat 
qilayotgan  bo‘lsin  (47-rasm).  Agar  jism  biror  Δt 
vaqt ichida A nuqtadan B nuqtaga ko‘chsa, aylana 
markazidan shu A nuqtaga o‘tkazilgan R  radius  Δφ 
burchakka buriladi. Bu burchak burilish burchagi 
deyiladi. Aylanayotgan nuqtaning aylana markazidan 
uzoq­yaqinligidan qat’i nazar burilish burchagi bir 
xil bo‘ladi. Burilish burchagi radian (rad) yoki 
gradus (°) birliklarida o‘lchanadi.

Bir radian shunday burchakki, bunday burchak qarshisidagi 


yoyning uzunligi shu aylananing radiusiga teng.


Ya‘ni  Δ˘s  =  R  da  Δφ  =  1  rad  bo‘ladi  (48-rasm).
1 radian taqriban 57 gradusni tashkil etadi, ya’ni 
1 rad ≈ 57°. 48-rasmdagi R radius 2 radianga burilsa, 
Δφ  ≈  114°,  3  radianga  burilsa,  Δφ  =  172°  bo‘ladi. 
Radius R  yarim  aylanaga,  ya’ni  180°  ga  burilishi 
Δφ  =  3,14  rad  =  π  ni  tashkil  etadi.  Jism  bir  marta 
aylanganda aylana uzunligi s = 2πR  ga tеng bo‘lgan 
masofani bosib o‘tadi.   
(1)

58
Kinematika asoslari
Burilish burchagining radian o‘lchovidagi ifodasi quyidagiga teng:
                      Δφ = —
Δﬞs 
R                  (2)
Aylanma harakatda chiziqli tezlik υ bilan bir vaqtda 

burchak  tezlik  ω  


(omega) ham qo‘llaniladi. Bunda: 
                       ω

 

= —
Δφ
Δt                   (3) 

Aylana bo‘ylab harakatda aylana radiusi burilish burchagining 


shu burilish uchun ketgan vaqtga nisbati burchak tezlik deyiladi.


Burchak tezlik vektor kattalik bo‘lib, uning birligi rad/s da ifodalanadi. 
Aylanayotgan  jismning  barcha  nuqtalarida  burchak  tezlik  ω  bir  xil  bo‘ladi.
Masala yechish namunasi
Anhordan suv chiqarish uchun charxpalak o‘rnatilgan. Uning o‘qidan 
1,5 m uzoqlikda chelakchalar mahkamlangan. Charxpalak bir marta to‘liq 
ay lanishiga 24 s vaqt ketsa, chelakchalarning burilish burchagi, chiziqli tez­
ligi va burchak tezligi qancha bo‘ladi?
  Berilgan:                    Formulasi:                        
Yechilishi:
R = 1,5 m;                      Δφ = 2π;                               Δφ = 2 · 3,14 rad = 6,28 rad ; 
Δt = 24 s.                    Δφ = —
Δﬞs 
R  dan    Δﬞs = ΔφR;      Δs = 6,28 · 1,5 m = 9,42 m;
 Topish kerak:                       ;                      .                                            ;
Δφ = ?  
υ = ?                           
ω = ? 
 
             
                                               Javob: Δφ = 6,28 rad; υ ≈ 0,4 m/s; ω ≈ 0,26 rad/s.

Tayanch tushunchalar:

 aylanma tekis harakat, chiziqli tezlik, burilish 
burchagi, radian, gradus, burchak tezlik.
1.  Radiusi  10  sm  bo‘lgan  aylanadagi  nuqta  tekis  harakat  qilib,  aylananing  yarmini 
10  s  vaqt  davomida  o‘tdi.  Uning  chiziqli  tezligini  toping.
ω = 6,28 rad  ≈ 0,26 rad
24    s                s
υ = 9,42 m  ≈ 0,4 m
24    s            s
Δφ         
υ = —
Δﬞs
Δt             ω = Δt
.
.

59
III bob. Tekis aylanma harakat
2.  Yo‘lda  ketayotgan  velosiрed  yoki  avtomobil  g‘ildiragi  harakatini  yerga  nisbatan 
aylanma harakat deyish mumkinmi? Nima uchun?
 
1.  G‘ildirak  aylanishida  0,1  s  davomida  1  rad  ga  buriladi.  G‘ildirak  o‘qi  dan  5  sm, 
10 sm va 15 sm uzoqlikdagi nuqtaning chiziqli tezligini toping. G‘ildirak qanday 
burchak tezlik bilan aylanadi?
2. Velosiрed g‘ildiragining o‘qidan eng uzoq nuqtasi 0,02 s davomida 20 sm yoyni 
bosib  o‘tdi.  Velosiрedning  tezligini  toping.
3.  Soatning  30  mm  uzunlikdagi  minut  mili  uchi  10  minutda  30  mm  uzunlikdagi 
yoyni bosib o‘tadi. Minut mili uchining chiziqli tezligi, burilish burchagi va 
burchak tezligini toping.
4. Agar 47­rasmdagi aylananing radiusi 1 m bo‘lsa, 1 rad, 2 rad, 3 rad va 3,14 rad 
burchak qarshisidagi yoy uzunligi har bir hol uchun qancha bo‘ladi?
5.  Istirohat  bog‘idagi  charxpalak  savatlari  aylanish  o‘qidan  20  m  uzoqlikda 
o‘rnatilgan.  Charxpalak  savati  bir  marta  to‘liq  aylanishiga  10  minut  vaqt  ketadi. 
Savatning chiziqli tezligi va burchak tezligi qancha bo‘ladi?

16-§. AYLANMA HARAKATNI TAVSIFLAYDIGAN 


KATTALIKLAR ORASIDAGI MUNOSABATLAR


Chiziqli tezlik bilan burchak tezlik orasidagi munosabat


Avvalgi mavzu oxiridagi masala yechish namunasida tekis aylanma 
harakat qilayotgan jismning yo‘l formulasi keltirib chiqarilgan edi:
Δsﬞ  = ΔφR.
Bu formulani chiziqli tezlik formulasiga qo‘yib, quyidagi ifodani hosil 
qilamiz:
Demak, tekis aylanma harakatda chiziqli tezlik bilan burchak tezlik 
orasidagi munosabat quyidagicha bo‘ladi:
υ = ωR .       (1)

Aylanish davri, chastotasi, chiziqli tezlik va burchak tezlik 


orasidagi munosabatlar


Aylanma tekis harakatini yanada to‘liqroq ifodalash uchun aylanish davri 
va aylanish chastotasi tushunchalaridan foydalaniladi.
υ = —
Δt =           = ωR.
ΔφR
Δt
Δsﬞ

60
Kinematika asoslari

Jismning bir marta aylanishiga ketgan vaqt aylanish davri deb 


ataladi.


Aylanish davri T bilan belgilanadi. Uning 
asosiy birligi – sekund (s).
Agar  jism  Δt vaqt ichida n marta aylangan 
bo‘lsa, u holda aylanish davri T  quyidagicha 
aniqlanadi:
                  T = —
Δt
n  .            (2)
49-rasmda  tasvirlangan  ipga  bog‘langan  shar cha  8  s  da  20  marta  aylansa, 
aylanish davri quyi dagicha topiladi: 
T = —
8
20 s = 0,4 s.

Jismning vaqt birligidagi aylanishlar soni aylanish chastotasi deb 


ataladi.


Aylanish chastotasi v (nyu) bilan belgilanadi. Uning asosiy birligi – 1/s.
Agar  jism  Δt vaqtda n marta aylangan bo‘lsa, u holda aylanish chastotasi 
v  quyidagicha aniqlanadi:
                                           v = —n 
Δt 
.
                                     (3)
Ipga  bog‘langan  jism  8  s  da  20  marta  aylansa,  aylanish  chastotasi  quyi-
dagicha topiladi:
v = —
20 
8  –
1
s = 2,5 –
1
s . 
Aylanish davri T bilan aylanish chastotasi v  orasidagi munosabat: 
T = –1 
v     yoki    v = –
1
T .               (4)
Aylanish davri T bilan chiziqli tezlik υ orasidagi munosabat:
T = —
2πR 
υ       yoki    υ = —
2πR
T  .               (5)
 
Aylanish davri T  bilan  burchak  tezlik  ω  orasidagi  munosabat: 
T = —

ω       yoki       ω = —

T  .               (6)
 
Aylanish chastotasi v bilan chiziqli tezlik υ orasidagi munosabat: 

49-rasm.

 Ipga bog‘langan 
sharchaning harakati
O
R

61
III bob. Tekis aylanma harakat
v =   υ
2πR       yoki       υ = 2πvR.           (7)
Aylanish chastotasi v  bilan  burchak  tezlik  ω  orasidagi  munosabat: 
v =  ω
 
2π       yoki       ω = 2πv .                (8)
   Ifodalardan ko‘rinib turibdiki, moddiy nuqtaning burchak tezligi uning 
aylanish davriga teskari, aylanish chastotasiga esa to‘g‘ri proporsional 
munosabatda bo‘ladi. Aylanma harakatlar ichida jismlarning tekis harakati 
ko‘p uchraydi. Masalan, elektr dvigatellarining parraklari, orbita bo‘yicha 
harakatlanayotgan  Yerning sun’iy yo‘ldoshlari va h.k. Bir xil vaqt oralig‘ida 
bir xil tezlikda harakatlanayotgan jismlar vaziyatini matematik ko‘rinishda 
ifodalash oson. 
Masala yechish namunasi
«Neksiya» avtomobili 90 km/soat tezlik bilan tekis harakatlanmoqda. Agar 
avtomobil  g‘ildiragining  radiusi  40  sm  bo‘lsa,  g‘ildirakning  aylanish  davri, 
aylanish chastotasi va burchak tezligini toping.
     Berilgan:
 
              Formulasi:                 Yechilishi:
υ = 90 km/soat = 25 m/s; 
R = 40 sm = 0,4 m.
Topish kerak: 
 T = ?   v = ?   ω = ?             ω = 2πv
                                                        
Javob:  T ≈ 0,1 s; v = 10 1/s; ω = 62,8 rad/s.

Tayanch tushunchalar:

 tekis aylanma harakat qilayotgan jismning 
bosib o‘tgan yo‘li, aylanish davri, aylanish chastotasi. 
1.  Avtomobilning  tezligi  20  m/s,  g‘ildiragining  diametri  64  sm.  Avtomobil 
g‘ildiragining burchak tezligini toping.
2.  Jism  10  m/s  tezlik  bilan  2  m  radiusli  aylana  bo‘ylab  harakatlanmoqda.  Uning 
aylanish chastotasini toping. 
1. Charxpalak savati 1 minutda 2 marta aylanadi. Charxpalak o‘qidan 1 m uzoqlikka 
o‘rnatilgan savatning chiziqli tezligi va burchak tezligini toping. 
  ω = 2 · 3,14 ·10 rad
s
    = 62,8 rad
s
T = —
2πR 
υ   
v = –1T
T = 2 · 3,14 · 0,4  s ≈ 0,1 s   
25
v = 1    1  = 10 1
0,1 s
s
;
;
;
;
.
.

62
Kinematika asoslari
2.  Velosiрed  10  m/s  tezlik  bilan  tekis  harakatlanmoqda.  Agar  velosiрed  
g‘ildiragining  radiusi  30  sm  bo‘lsa,  uning  aylanish  davri,  aylanish  chastotasi  va 
burchak tezligini toping. 
3. Yer shari ekvatorida turgan jismning chiziqli va burchak tezligini hisoblang. 
Yerning  radiusini  6400  km  ga  teng  deb  oling.

17-§. MARKAZGA INTILMA TEZLANISH


Aylana bo‘ylab tekis harakatda tezlikning yo‘nalishi


Sharcha R radiusli aylana bo‘ylab tekis hara kat 
qilayotgan bo‘lsin. Sharcha o‘z harakati davomi­
da  Δt vaqt ichida A
1
 nuqtadan A
2
 nuqtaga, yana 
shuncha vaqt ichida A
2
 nuqtadan A
3
 nuqtaga o‘tsin 
(50-rasm).
Sharcha  aylanma  harakatda  ma’lum  Δt vaqt 
davomida  Δs  yoyni  bosib  o‘tadi.  Δt vaqtni juda 
kichik deb olsak, shu ondagi oniy tezlikni topishimiz 
mumkin. Sharcha tekis harakat qila yotgani uchun 
A
1
, A
2
, A
3
 nuqtalarda uning tezligi son jihatdan 
bir xil bo‘ladi. 
Lekin ularning yo‘ nalishi har xil bo‘ladi. Aylanma harakat davomida 
harakat yo‘nalishi doimiy o‘zgarib turgani uchun, bizni har bir ondagi 
tezlikning yo‘nalishi qiziqtiradi. Buni tekis aylanma harakat qilayotgan 
pichoq charxlash diskini kuzatib, uchqunlar yo‘nalishidan bilib olishimiz 
mumkin (51­rasm). Uchqunlar disk 
ning pichoq tegib turgan nuqtasiga 
o‘tkazilgan radiusga perpendikulyar, ya’ni aylana yoyiga urinma yo‘nalishda 
uchib chiqayotganligini ko‘ramiz. 
Demak,  ay lananing  har  bir  nuqtasidagi  tezlik,  50-rasmda  ko‘rsatil-
ganidek, aylana ra diusiga perpendikulyar yo‘nalishda bo‘ladi. Qorli yoki 
suvli yo‘llarda ketayotgan avto 
mobil g‘ildiraklaridan sachrayotgan loy­
suvning yo‘nalishi ham aylanaga urinma ravishda bo‘ladi. Aylanma tekis 
harakatda tezlikning yo‘nalishi uzluksiz ravishda o‘zgarib turgani uchun 
hisoblashda uni skalyar emas, vektor kattalik sifatida olishimiz lozim.

Aylana bo‘ylab tekis harakatda tezlanish


To‘g‘ri chiziqli tekis o‘zgaruvchan harakat qilayotgan jism tezlanishida 
vaqt o‘tishi bilan harakat yo‘nalishi o‘zgarmaydi. Biz faqat tezlik miqdori 

50-rasm.

 Tekis aylanma 
harakatda tezliklarning 
yo‘nalishi
A
1
O
R
υ

1
υ

2
υ

3
A
2
A
3

63
III bob. Tekis aylanma harakat
o‘zgarishini va vektor ko‘rinishi quyidagicha 
ekanligini ko‘rgan edik:
a

 = υ

 – υ

0
 
Tekis aylanma harakatda esa tezlik miqdori 
o‘zgarmaydi, faqat yo‘nalishi o‘zgaradi. Tezlik 
vektor kattalik bo‘lgani uchun ikkita vektorning 
moduli teng bo‘lib, lekin yo‘nalishi turlicha 
bo‘lsa, unday vektorlar ayirmasi nolga teng 
bo‘lmasligini bilamiz (52­rasm).
Buni  50-rasmda  tasvirlangan  sharchaning 
ha          rakatida  ko‘rsak,  Δt vaqt ichida tezlik 
vektorlarining ayirmasi υ

2
 – υ

1
  yoki  υ

3
 – υ

2
 
noldan farqli bo‘ladi. Demak, tezlik vektori 
o‘zgarmoqda. Tezlikning o‘zgarishi esa aylanma 
harakatda tezlanish mavjud ekanligidan dalolat 
beradi. (1) formuladan sharchaning Δt vaqt ichida 
A
1
  nuqtadan A
2
 nuqtaga o‘tishidagi harakat uchun tezlanish quyidagicha 
ifodalanadi:
a

 = υ

2
  –  υ

1
 
R radiusli aylana bo‘ylab υ

 tezlik bilan tekis harakatlanayotgan jismning 
oniy tezlanishi quyi dagicha topiladi: 
a

 =υ


Formuladan aylanma harakatda aylana radiusi qancha kichik bo‘lsa, 
tezlanish shuncha katta bo‘lishini ko‘rishimiz mumkin. Aylana radiusi 
kattalashib, to‘g‘ri chiziqqa yaqinlashgan sari tezlanish qiymati kama­
yib, nolga yaqishlashib boradi. To‘g‘ri chi ziq li tekis harakatda esa tezlik 
vektorlari ustma­ust tushadi. Natijada tezliklar qiymati va yo‘nalishi bir xil 
bo‘lib, tezlanish nolga teng bo‘lib qoladi. 

Aylanma tekis harakatda tezlanishning yo‘nalishi


Tekis aylanma harakat qilayotgan sharcha A
1
 nuqtadan A
2
 nuqtaga 
o‘tganda tezliklar vektori ayirmasi Δυ

 = υ

2
 
– υ

1
 bo‘ladi. υ

2
 vektordan υ

1
 vek ­
(3)
(2)
(1)

51-rasm.

 Tekis aylanma 
harakatda tezliklarning 
yo‘nalishi
Δt
R–

52-rasm.

 Moduli teng, 
yo‘nalishi turlicha vektorlar 
ayirmasi
υ

1
υ

2
Δυ →  

υ
2
→  
 – 
υ
1

Δt
.
.
.

64
Kinematika asoslari
tor ayirilganida ayirma Δυ

 vektorning yo‘nalishi 
53­rasmda ko‘rsatilgan.
Aylanma tekis harakatda a

  tezlanishning 
yo‘nalishi ayirma vektor Δυ

  =  υ

2
 
–  υ

1
  ning 
yo‘nalishi bilan bir xil bo‘ladi. Buni (2) formuladan 
ham bilish mumkin. Rasmdagi Δυ

 vektor boshini 
A
2
 nuqtaga ko‘chiraylik. A
2
 nuqta A
1
 ga qanchalik 
yaqin bo‘lsa, Δυ

 vektorning yo‘nalishi aylana 
markazi  tomon  shu n  chalik
 
yaqin yo‘naladi. A
2
 
nuqta A
1
 nuqtaga nihoyatda yaqin bo‘lganda, Δυ

 
vektor, binobarin, a

 tezlanish R radius bo‘ylab O markazga yo‘na lgan 
bo‘ladi (54­ rasm). Shuning uchun ham aylanma tekis harakat qilayotgan 
jismning  tez lanishi  

markazga intilma tezlanish

 deb 
ataladi. Demak, jismni aylan ma harakat ettirish uchun 
uni doimiy ravishda markazga intilma tezlanish bilan 
harakat qildirish kerak ekan. Faqat shundagina u 
aylanma harakat qiladi.
Masala yechish namunasi
Velosiрed  radiusi  25  m  bo‘lgan  aylanma  yo‘lda 
10  m/s  tezlik  bilan  tekis  harakatlanmoqda.  Uning 
markazga intilma tezlanishini toping.
 
 Berilgan:             Formulasi:              Yechilishi:
R = 25 m;   
υ = 10 m/s. 
 
Topish kerak:  
a = ?                                                Javob: a = 4 m/s
2
.

Tayanch tushunchalar:

 aylanma harakatda tezlanish, markazga 
intilma tezlanish.
1.  Haydovchi  avtomobilga  radiusi  30  sm  bo‘lgan  g‘ildiraklar  o‘rniga  32  sm  li 
g‘ildiraklar  o‘rnatib  oldi.  Agar  spidometr  60  km/soat  tezlikni  ko‘rsatayotgan 
bo‘lsa, aslida, bu avtomobil qanday tezlikda harakatlanayotgan bo‘ladi? 
2. Nima uchun aylanma tekis harakatda namoyon bo‘ladigan tezlanish markazga 
intilma tezlanish deb ataladi?
a =υ

54-rasm.

 Markazga 
intilma tezlanishning 
yo‘nalishi
A
O
R
υ

a

53-rasm.

 Tekis aylanma 
harakatda tezliklar 
vektori ayirmasi
A
1
O
R
υ

1
υ

1
Δυ

Δυ

υ

2
A
2
R

a =10

  
m = 4 m
25  s
2
       s
2
.
.
.

65
III bob. Tekis aylanma harakat
1.  Uzunligi  25  sm  bo‘lgan  iрga  bog‘langan  sharcha  5  m/s  chiziqli  tezlik  bilan 
aylanmoqda. Sharchaning markazga intilma tezlanishini toping. 
2.  Avtomobil  90  km/soat  tezlik  bilan  tekis  harakatlanmoqda.  Agar  avtomobil 
g‘ildiragining radiusi 35 sm bo‘lsa, g‘ildirak chekkasidagi nuqtaning markazga 
intilma tezlanishini toping. 
3.  Radiusi  12  sm  bo‘lgan  charx  diski  1  minutda  1200  marta  aylanmoqda.  Charx 
aylanish o‘qidan eng uzoq nuqtasining markazga intilma tezlanishini aniqlang.
4.  Velosiрed  12  m/s  tezlik  bilan  harakatlanmoqda.  G‘ildirak  chekkasidagi  nuqtaning 
markazga  intilma  tezlanishi  250  m/s
2
.  Velosiрed  g‘ildiragining  radiusi  qancha?
5.  Ventilyator  parragining  radiusi  15  sm,  aylanish  chastotasi  20  l/s.  Ventilyator 
parragining aylanish davri, burchak tezligi va parrak uchidagi nuqtaning chiziqli 
tezligi hamda markazga intilma tezlanishini toping.

III BOB BO‘YICHA xULOSALAR


  



 Tekis aylanma harakat qilayotgan jism ixtiyoriy teng vaqtlar orasida 
teng yoylarni bosib o‘tadi.

 Tekis aylanma harakat qilayotgan jismning chiziqli tezligi: υ = Δ
˘s
Δt  

 Tekis aylanma harakat qilayotgan jismning burchak tezligi: ω = 
Δφ
Δt

 Tekis aylanma harakatda chiziqli tezlik bilan burchak tezlik orasidagi 
munosabat:  υ  =  ωR.

 Aylanish davri — jismning bir marta aylanib chiqishi uchun ketgan 
vaqt:  T = Δt   .
n

 Aylanish chastotasi — vaqt birligidagi aylanishlar soni: v =
.
∆t
n

 Aylanish davri formulalari: T =
,
v
1
T = 2πR
υ , T =

ω
.

 Aylanish chastotasi formulalari:  v =
,
T
1
v = 2πR
υ , v =

ω
.

 R radiusli aylana bo‘ylab υ chiziqli tezlik bilan tekis harakatlanayotgan 
jism tezlanishga ega: a = .
υ
2
R Tezlanish vektori a

 aylana markazi 
tomonga yo‘nalgani uchun markazga intilma tezlanish deb ataladi.

  Bir marta to‘liq aylanish burchagi: 

Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


iii-yakuniy---bilim-2.html

iii-yangi-mavzu-bayoni---2.html

iii-yunosheskij.html

iii-zhn-zhne-zhnn-fizika.html

iiiassurer-laccs-au-tic.html