1 2 3 4 5

III bob bo‘yicha xulosa - O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi al-хоrazmiy nоmidagi urganch...

bet5/5
Sana08.09.2017
Hajmi310.2 Kb.

III bob bo‘yicha xulosa.

“Хamsa”da ijtimоiy adоlat, tenglik va shaxs erki masalasi ham alohida yuksak pafos bilan kuylanadi. Buni u odil shoh obrazi orqali berishga intiladi. “Xamsa”da Navoiyning adolat g‘oyasi faqatgina shohlarga nisbatan emas, balki butun jamiyatning ma’naviy va siyosiy holatlariga nisbatan ham berilgan bahodan iborat umumiy qadriyatlar sifatida ifodalanadi. Navoiy ijtimoiy tenglikni targ‘ib etar ekan, yer yuzidagi xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash masalasiga katta ahamiyat beradi, urushga qarshi turib, shaxs erki daxlsizligini uqtiradi.

“Xamsa”da do‘stlik, atrof-muhitni muhofaza qilish va mehnat ham o‘ziga xos tarzda tarannum etiladi. Haqiqiy do‘stlikning oliy namunalari Shopur, Bahrom(Farhodning do‘sti), Navfal, Farrux va Axiy kabi timsollarda namoyon bo‘ladi. Bu timsollar kamtar, eng muhimi nasl va nasab manmanligidan batamom xoli ekanligi bilan ajralib turadilar hamda kimga yaqinlashib, u bilan do‘st tutinsalar, uning kimligi, ya’ni millat va e’tiqodi, mansab va boyligidan qat’iy nazar oxirigacha unga sodiq qolishlari bilan o‘quvchi kitobxonga namuna ko‘rsatadilar. Navoiy atrof-muhitni muhofaza qilishga chaqirar ekan, inson yaratilishidan avval tabiatda monandlik borligini, agarda shu monandlikni buzsa, Bahrom va uning hamrohlari fojiasiga sherik bo‘lishiga “Sabbai sayyor” dostoni orqali ishora qiladi.Navoiy halol mehnat qilishni kishining olijanob fazilatlaridan biri deb bilib, “Xamsa”da kishilarni mehnat qilishga, mehnatni puxta va o‘z vaqtida bajarishga undaydi, kishilik hayotida mehnatning roliga yuqori baho berib, “yuk chekmoq ila kishiga zebolik erur” derkan, mehnat kishini kamolotga yetkazadi, bezaydi degan xulosasini bayon etadi. Bunda Farhodning mehnatsevarligini namuna qilib ko‘rsatadi.

Xamsa” da axloqiy qadriyatlar: hayo, vafo, saxovat, halollik ham o‘z ifodasini topgan. Shoir “Hayrat ul-abrоr” dоstоnining оltinchi maqоlatini bеvоsita adab, tavоzu’ va hayoga bag‘ishlab, xalq uchun mansab emas, aynan hayo bilan adab sharaf ekanini yozadi. “Xamsa”ning boshqa dostonlarida, xususan, “Farhоd va Shirin”da hayo bilan bоg‘liq ajоyib vоqеalar tafsilotini o‘qish mumkin.

Xulosa

Navоiy ijоdi ilg‘оr g‘оyalarning — gumanizm va хalqchillikning yuksak badiiy mahоrat bilan ifоda etishning mukammal namunasidir. Navоiy asarlarining rang-barang va bеnihоyat bоy оbrazlarida qanday хilma-хil muammоlar badiiy gavdalantirilmasin, qanchalik chuqur g‘оyaviy-estеtik mazmun ifоdalanmasin, ularda Navоiy gumanizmining qandaydir yangi qirralari aks etadi, shоirning оdam haqidagi idеali, ma’naviy-aхlоqiy kоnsеpsiyasi o‘z aksini tоpadi. “Insоn qalbining quvоnchu qayg‘usini, ezgulik va hayot mazmunini Navоiydеk tеran ifоda etgan shоir jahоn adabiyoti tariхida kamdan-kam tоpiladi”, - dеb ta’kidlaydi Prеzidеntimiz I.A.Karimоv. [III.7,47]

Inson yaralmishlar ichra eng aziz xilqatdir. Quruqlik va dengizlar ustida egalik qiladigan, pokiza rizq va fazl-u kamol ato etilgan, aql-u hush, nutq va farosat, bilim, tajriba, qalb-u his baxsh etilgan inson o‘zining tafakkur va nutq qobiliyati bilan boshqa mavjudotlardan yuqori turishi va bu ayni vaqtda unga mukarramlig-u sharaf bag‘ishlashi, yer yuzini obod qilish va uni boshqarib turishi uchun insonga sharaf ko‘rsatilgani, unga aql-zakovat kuchi hadya etilgani Sharq mutafakkirlari tomonidan ko‘p bor ta`kidlanadi. Shu bilan bir qatorda insonni yanada yuksak pog‘onaga ko‘taradigan xislat-u fazilatlar ham borki, insonning qadr-qimmati uning go‘zal axloqiy fazilatlari: qalbiy olijanoblik, sahovat va do‘stlik fazilatlariga erishishga qodirligi bilan o‘lchanadi.Navoiy o‘z “Xamsa”sida umuminsoniy qadriyatlarni yuksak pafos bilan kuylar ekan, bunda u o‘zidan oldin o‘tgan buyuk mutafakkirlar, ulug` ijodkorlar fikrlariga tayanadi. Navoiyning ilg‘or ijtimoiy qarashlari Sharq mutafakkirlari, jumladan, Arastu, Beruniy, Farobiy ta`limoti ta’sirida shakllandi. Navoiyning umuminsoniy qadriyatlarga munosabatida Abduxoliq G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband kabi mutasavvuflar, Jomiy, Nizomiy, Xusrav Dehlaviy kabi shoirlar ta`siri yaqqol seziladi. Mutafakkir shoir o‘zining ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy qarashlarida, adolatli tuzum, atrof-muhitni muhofaza qilish, urush va tinchlik muammosiga munosabatida zamonasining ehtiyoji va talablarini ifodalab, o`zidan avval o‘tgan ilg‘or mutafakkirlarning orzu-umidlari va xayollarini mujassam bo‘lgan badiiy umumlashmalar yaratdi. Umuman, Farobiy, Imom Buxoriy, Abu Ali ibn Sino, Beruniy, Ulug‘bek, Jomiy va boshqa mutafakkirlarning diniy, ijtimoiy-falsafiy ta’limoti Navoiy dunyoqarashida umuminsoniy qadriyatlar namoyoni va rivoji uchun ilmiy-nazariy asos bo‘ldiki, buni buyuk shoir “Xamsa”si misolida yaqqol guvohi bo‘lishimiz mumkin.

Navoiy “Xamsa”sida ifoda etilgan milliy va umuminsoniy qadriyatlar andozasida Navoiy e’tiqodini asoslab berish mumkin. Ma’lumki, Navoiy butun ijodiy va ijtimoiy faoliyatini Vatan, millat, din, ilm–fan, ma’rifatni rivojlantirish ishiga baxsh etgan va bularning barchasi mutafakkir ijodi va faoliyatida umuminsoniy qadriyatlar nuqtai nazaridan bayon etilgan asarlarida, xususan, “Xamsa”sida o‘z ifodasini topgan. Asarni o‘z ona tilida bitganligining o‘zi uning ona tili tagdiriga alohida ahamiyat berganligidan dalolat beradi. Ona tilining imkoniyat va qudratiga e’tiborsizlik bilan qarovchilarga, uni dag‘al til deb pastga uruvchilarga keskin qarshi chiqqan jonkuyar ijodkor ona tili uchun kurash har bir xalqning eng birinchi va muqaddas vazifasi ekanligini qayd qilish bilan birga, avvalo, o‘zi bu ishda namuna ko‘rsatib, “Xamsa”dek buyuk asarni turkiy tilda bitdi.

Navoiy turk xalqlarining birligi, tili va madaniyati uchun kurashar ekan, buni dostonlarga singdirib yubordi. Har bir kishining insoniylik burchi xalq g‘am-u tashvishi va farovonligi yo‘lida xizmat qilishda deb bilgan Navoiy umri davomida ana shu hadis mazmuniga amal qilganidek, butun umrini, ijodiy faoliyatini va mehnatini beminnat holda xalqqa, odamlarga ularning manfaati uchun sarfladi, “Xamsa”dagi Farhod va boshqa obrazlarni bu borada xalqqa namuna sifatida taqdim etdi. Saxovat, himmat, mehr-shafqat va muruvvatni insonning eng yuksak fazilatlari sifatida tarannum etib, bularni “Xamsa” obrazlari tabiatiga jo qilib yubordi.

Navoiy Iymonni insoniylik nishonasi deb bildi. “Хamsa”ning birinchi dоstоni “Hayrat ul-abrоr”da dastlabki bobni iymоnga bag‘ishladi. Navоiy fikrlaridan kishilarni iymоniga qarabgina yaхshi va yomоnga ajratish mumkin, dеgan fikr kеlib chiqadi. Hazrat Alishеr Navоiy uchun Iymоn hayot-mamоt masalasi, u dunyoga kеtar mahal kishiga yo‘ldоsh bo‘la оladigan yagоna sherik hisоblanganki, buni u “Xamsa”da to‘la-to‘kis bayon qila olgan.

“Хamsa”da ijtimоiy adоlat, tenglik va shaxs erki masalasi ham alohida yuksak pafos bilan kuylanadi. Buni u odil shoh obrazi orqali berishga intiladi. Alisher Navoiy nazaridagi odil podshoh mamlakatni islom dini va Muhammad alayhissalom sunnatlari asosida adolat bilan boshqarishi; qat’iyatli bo‘lishi; davlat ishlariga kishilarni tayinlashdan oldin ularni har tomonlama sinovdan o‘tkazishi; siyosat yuritish va hukm chiqarishda ehtiroslarga berilmay, aql ovoziga quloq tutishi; zarur o‘rinlarda kechirimli bo‘lishi, ya’ni nohaqdan, tuhmat bilan aybdor deb topilgan kishilarga adolatpeshalik qilishi; hech qachon qalbida kin, adovat saqlamasligi, qasddan birovning aybini boshqa birovning bo‘yniga qo‘ymasligi, ya’ni xolis bo‘lishi; har bir ishni kengash asosida qilishi; doimo el-yurt ahvolidan, kayfiyatidan boxabar bo‘lishi; davlat ahamiyatiga molik har bir ishni o‘z vaqtida hal qilishi lozim edi. “Xamsa”da ta`rifi keltirilgan Shoh G‘oziy, Shoh Iskandar bu jihatdan xarakterlidir. Bu timsollar ayni vaqtda Navoiyninh ideal shoh haqidagi tasavvurlari mevasi hamdir.

“Xamsa”da Navoiyning adolat g‘oyasi faqatgina shohlarga nisbatan emas, balki butun jamiyatning ma’naviy va siyosiy holatlariga nisbatan ham berilgan bahodan iborat umumiy qadriyatlar sifatida ifodalanadi.

Navoiy ijtimoiy tenglikni targ‘ib etar ekan, yer yuzidagi xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash masalasiga katta ahamiyat beradi, urushga qarshi turib, shaxs erki daxlsizligini uqtiradi. Har qanday urushni odam tabiatiga xilof deb bilgan va unga qarshi kurashishga, urush boshlovchilarni xaloyiq hukmiga topshirishga da’vat etgan mutafakkir munozarali masalalarni hal qilish vositalari sifatida urushdan, kuch ishlatishdan yoki kuch ishlatish xavfidan voz kechishni, bu masalani muzokaralar olib borish, sulh tuzish yo‘li bilan hal qilishni taklif etarkan, sulhning mazmuni va ta’sir kuchi g‘oyat katta ahamiyatga ega ekanligini o‘zining “Saddi Iskandariy” asarida falsafiy tarzda ifodalaydi. Bunda Navoiyning insonga va tinchlikka bo‘lgan samimiy va mislsiz munosabatini, inson va tinchlik dushmanlariga, urush va talonchilarga cheksiz va murosasiz nafratini ochiq-oshkor bayon etadi.

“Xamsa”da do‘stlik, atrof-muhitni muhofaza qilish va mehnat ham o‘ziga xos tarzda tarannum etiladi. Haqiqiy do‘stlikning oliy namunalari Shopur, Bahrom(Farhodning do‘sti), Navfal, Farrux va Axiy kabi timsollarda namoyon bo‘ladi. Bu timsollar kamtar, eng muhimi nasl va nasab manmanligidan batamom xoli ekanligi bilan ajralib turadilar hamda kimga yaqinlashib, u bilan do‘st tutinsalar, uning kimligi, ya’ni millat va e’tiqodi, mansab va boyligidan qat’iy nazar oxirigacha unga sodiq qolishlari bilan o‘quvchi kitobxonga namuna ko‘rsatadilar.

Navoiy atrof-muhitni muhofaza qilishga chaqirar ekan, inson yaratilishidan avval tabiatda monandlik borligini, agarda shu monandlikni uzsa, Bahrom va uning hamrohlari fojiasiga sherik bo‘lishiga “Sabbai sayyor” dostoni orqali ishora qiladi.

Navoiy halol mehnat qilishni kishining olijanob fazilatlaridan biri deb bilib, “Xamsa”da kishilarni mehnat qilishga, mehnatni puxta va o‘z vaqtida bajarishga undaydi, kishilik hayotida mehnatning roliga yuqori baho berib, “yuk chekmoq ila kishiga zebolik erur” derkan, mehnat kishini kamolotga yetkazadi, bezaydi degan xulosasini bayon etadi. Bunda Farhodning mehnatsevarligini namuna qilib ko‘rsatadi.

Xamsa” da axloqiy qadriyatlar: hayo, vafo, saxovat, halollik ham o‘z ifodasini topgan. Shoir “Hayrat ul-abrоr” dоstоnining оltinchi maqоlatini bеvоsita adab, tavоzu’ va hayoga bag‘ishlab, xalq uchun mansab emas, aynan hayo bilan adab sharaf ekanini yozadi. “Xamsa”ning boshqa dostonlarida, xususan, “Farhоd va Shirin”da hayo bilan bоg‘liq ajоyib vоqеalar tafsilotini o‘qish mumkin.

Insоniy fazilatlarning biri bo‘lgan vafоni Navоiy eng qimmatli gavharlardan ham nоyob va qimmatlirоq dеb hisоblarkan, vafоlik yor tоpish sharafiga erishgan bir gadо, jahоn shоhlaridan baхtiyordir degan xulosaga keladi.

Navoiy “Xamsa”da saxovatni o‘z joyida, muhtoj–mustahiq odamga qilinishi kerak degan g‘oyani ilgari surib, g‘arib va benavo, beva–bechora, yetimlar, qarovsiz qolgan qariyalar, tolibi ilm bo‘lganlar, xullas, faqir-u haqir odamlarga mol berish o‘rniga, “mubohat va manmanlik” yuzasidan hovuch-hovuch dur sochish bema’nilik va tentaklikdir, deb uqtiradi. Halollikni har bir ishda zarurlini ta`kidlaydi.

Navoiy “Xamsa”sida yuksak pafos bilan kuylangan umuminsoniy qadriyatlar bugungi kunda ham alohida ahamiyat kasb etadi, Ulug‘ mutafakkir “Xamsa”si nafaqat zamondoshlarimizga, balki keyin keladigan avlodlarga ham hayotdan, yashash ilmidan, insoniylik rutbasi ba uning tayanch ustunlari bo‘lgan umuminsoniy qadriyartlardan saboq beraveradi,

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


  1. O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari.




        1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 8-dekabr 1992-yil.

        2. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. 29-avgust 1997-yil.

        3. O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. 29-avgust 1997-yil.

II. O‘zbekiston Respublikasi Prezident farmonlari va qarorlari,

Vazirlar Mahkamasining qarorlari.


        1. “Magistratura to‘g‘risida”gi nizomni tasdiqlash haqida. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2007-yil 29-dekabrdagi 269-sonli buyrug‘i bilan.

        2. Ta’lim sohalari bo‘yicha “Eng yaxshi bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi” Respublika tanlovi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida. Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2008-yil 18-apreldagi 104-sonli buyrug‘iga 1-ilova.

        3. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 10-sentabrdagi 190-sonli qarori.

III. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari


        1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: O‘zbekiston, 2008. – 160 b.

        2. Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura –Toshkent: O‘zbekiston, 1993. –174 b.

        3. Karimov I.A. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi I-sessiyasida so‘zlagan nutq. 1990-yil, 24-mаrt.

IV. Asosiy adabiyotlar



        1. Zohidov V. Ulug‘ shoir ijodining qalbi. – Toshkent: O‘zbekiston, 1986. –184 b.

        2. Abdug‘ofurov A. Buyuk beshlik saboqlari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1989. – 172 b.

        3. Alishеr Navоiy asarlari tilining izоhli lug‘ati. I-IV jildlar. –Tоshkеnt: Fan, 1983-1985. I jild, 1983. – 656 b.; II jild, 1983 – 643 b.; III jild, 1984. – 624 b.; IV jild, 1985. – 636 b.

        4. Hamidova M. Xamsa mavjlari. – Toshkent: Fan, 1986. – 54 b.

        5. Hayitmetov A. Alisher Navoiyning adabiy mahorati masalalari. Alisher Navoiy nomidagi adabiyot instituti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi. – Tоshkеnt: Fan, 1993. – 207 b.

        6. Hayitmetov A., Zohidov B. Navoiy va ijod saboqlari. – Toshkent: Fan, 1981. – 159 b.

        7. Izzat Sulton. Navoiyning qalb daftari. – Tоshkеnt: G‘.G‘ulоm nоmidagi badiiy adabiyot nashriyoti, 1969. – 412 b.

        8. Jalolov T. Xamsa talqinlari. – Toshkent: O‘zbekiston davlat badiiy adabiyot nashriyoti, 1960. – 142 b.

        9. Karimov G‘.K. O‘zbek adabiyoti tarixi, 3-kitob. – Toshkent: O‘qituvchi, 1985. – 172 b.

        10. Mallayev N. Navoiy ijodiyotining xalqchil negizi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1980. – 112 b.

        11. Mallayev N. So‘z san’atining gultoji. – Tоshkеnt: G‘.G‘ulоm nоmidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1991. – 149 b.

        12. Navoiy Alisher Xamsasi. A.S. Pushkin nomidagi til va adabiyot instituti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi. – Tоshkеnt: Fan, 1986.–142 b.

        13. Navoiy Alisher. Devoni Foniy. Asarlar, 5-tom, 2-kitob. – Toshkent: O‘qituvchi, 1965. – 856 b.

        14. Navoiy Alisher. Hayrat ul-abror. Nasriy bayon. – Tоshkеnt: G‘.G‘ulоm nоmidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1974. – 487 b.

        15. Navoiy Alisher. Sabb’ai sayyor. Nasriy bayon. – Tоshkеnt: G‘.G‘ulоm nоmidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1991. – 544 b.

        16. Navoiy Alisher. Xamsa – Tоshkеnt: G‘.G‘ulоm nоmidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1960. –987 b.

        17. Navoiy Alishеr. Saddi Iskandariy. – Tоshkеnt: G‘.G‘ulоm nоmidagi Nashriyot matbaa birlashmasi, 1991. – 832 b.

        18. Navoiy Alishеr. Farhоd va Shirin. – Tоshkеnt: G‘.G‘ulоm nоmidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1991. – 592 b.

        19. Navoiy Alishеr. Farhоd va Shirin. Ilmiy-tanqidiy matn. // Tuzuvchi: Pоrsо Shamsiyеv. – Tоshkеnt, 1963. – B.153.

        20. Navoiy Alishеr. Lison- ut -tayr. – Tоshkеnt: Fan. 1992. –178 b.

        21. Navoiy Alishеr. Mahbub ul-qulub.– Tоshkеnt: G‘.G‘ulоm nоmidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1991. – 438 b.

        22. Navoiy Alishеr. Mukammad asarlar to‘plami. 20 tоmlik T.11. – Tоshkеnt: Fan. 1996. – 640 b.

        23. Navoiy Alishеr. Mukammad asarlar to‘plami. 20 tоmlik. – T.10. Tоshkеnt: Fan. 1989. – 616 b.

        24. Navoiy Alishеr. Mukammad asarlar to‘plami. 20 tоmlik. T.8. – Tоshkеnt: Fan, 1991. – 541 b.

        25. Navoiy Alishеr. Mukammad asarlar to‘plami. 20 tоmlik. T.7. – Tоshkеnt: Fan. 1991. – 392 b.

        26. Navoiy Alishеr. Mukammad asarlar to‘plami. 20 tоmlik. T.9. – Tоshkеnt: Fan, 1996. – 325 b.

        27. Navoiy Alishеr. Mukammad asarlar to‘plami. 20 tоmlik.T.6. –Tоshkеnt: Fan, 1990. – 568 b.

        28. Navoiy Alishеr. Mukammal asarlar to‘plami. 6-jild. – Tоshkеnt: Fan, 1990. – B.318.

        29. Navoiy Alishеr. Munshaot. Asarlar. 15 tоmlik. T.13. – Tоshkеnt: Fan. 1966. –244 b.

        30. Navoiy Alishеr. Nazmul-javohir. – Tоshkеnt: Fan. 1966. –244 b.

        31. Nazarov K., Shayxova X. Umuminsoniy qadriyatlar va ma’naviy kamolot. – Toshkent: O‘zbekiston, 1992. – 120 b.

        32. Nizomov F. Alisher Navoiy dunyoqarashida umuminsoniy qadriyatlar muammosi: Filol. fanlari nomz…diss. – Toshkent, 1996. – 153 b.

        33. Oripov М.K. Gumanizm Alishera Navoiy-Тoshkent: Fаn, 1991. – 324 b.

        34. Qayumov A. Alishеr Navоiy. – Toshkent: Kamalak, 1991. – 175 b.

        35. Valixo‘jayev B. Xamsachilik an’anasining ayrim xususiyatlari. – Navoiy va ijod saboqlari. – Toshkent: Fan, 1981. – 158 b.

V. Qo‘shimcha adabiyotlar


        1. Komilov N. Tasavvuf va komil inson axloqi. – Toshkent: Yozuvchi nashriyoti, 1996. – 133 b.

        2. Abdurahmon Chomi. Haft avrang. Childi pancho‘m –. Dushanbe, 1964, –372 b.

        3. Abdurahmon Jomiy. Iskandar xiradnomasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1978. – 156 b.

        4. Abu Nasr Farobiy. Fozil odamlar shahri. – Tоshkеnt: Xalq merosi, 1993. – 224 b.

        5. Amir Temur Temur tuzuklari. – Toshkent: O‘zbekiston, 1996. –164 b.

        6. Aristotel. Poetika. – Tоshkеnt: Fan, 1980. – 174 b.

        7. Beruniy Abu Rayhon. Javohirlar. – Tоshkеnt: Fan, 1966. – 537 b.

        8. Beruniy Abu Rayhon. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. – Tоshkеnt: Fan, 1968. – 486 b.

        9. Fayzullayev O., Hoshimov E. Inson va tabiat. – Toshkent: Fan, 1976. 16 b.

        10. Haqqulov I. Tasavvuf va she’riyat. –Tоshkеnt: G‘.G‘ulоm nоmidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1972. – 782 b.

        11. Hasanоv B. Navоiy asarlari uchun qisqacha lug‘at. – Tоshkеnt: Fan, 1993. – 324 b.

        12. Hayitmetov A. Navoiy lirikasi. – Tоshkеnt: Fan, 1961. – 295 b.

        13. Hayitmetov A. Tabarruk izlar izidan. – Toshkent: O‘zbekiston, 1979. – 125 b.

        14. Hayitmetov A. Temuriylar davri o‘zbek adabiyoti. – Toshkent: Fan, 1996. – 160 b.

        15. Hayrullayev M. Uyg‘onish davri va sharq mutafakkiri. – Toshkent: O‘zbekiston, 1971. – 175 b.

        16. Ibrоhimоv S., Shamsiyеv P. Navоiy asarlari uchun lug‘at. –Tоshkеnt: G‘.G‘ulоm nоmidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1972. – 782 b.

        17. Jaloliddin Davoniy Axloqi Jaloliy. – Toshkent: O‘zbekiston, 1992. – 72 b.

        18. Komilov N. Xizr chashmasi. – Toshkent: Ma’naviyat, 2005. – 318 b.

        19. Komilov N. Do‘stlik ko‘priklari. – Toshkent: Ma’naviyat, 1982. – 188 b.

        20. Komilov N. Tasavvuf. – Toshkent: Movarounnahr-O‘zbekiston, 2009. – 444 b.

        21. Kоshifiy Husayn Vоiz. Futuvvatnоmai sultоniy. – Tоshkеnt: Abdulla Qоdiriy nоmidagi Хalq mеrоsi nashriyoti, 1994. – 254 b.

        22. Mallayev N. Alisher Navoiy va xalq ijodiyoti. – Tоshkеnt: G‘.G‘ulоm nоmidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1974. – 349 b.

        23. Muhiddinov M. Komil inson – adabiyot ideali. – Toshkent: Ma’naviyat,2005. – 208 b.

        24. Nazarov Q. Qadriyatlar tizimining barqarorligi va o‘zgarishlari. – Toshkent: Fan, 1993. – 14 b.

        25. Nusratulla Jumaxo‘ja, Adizova Iqboloy. So‘zdin baqoliroq yodgor yo‘q. – Toshkent: O‘zbekiston, 1979. – 125 b.

        26. Olimov S. Navoiy yoshlarga. – Toshkent: Abu Matbuot-Konsalt, 2008. –103 b.

        27. Tomas L., Gleni L. XV asrning oxirida temuriylar davrida fors san’ati va madaniyati. – Voshington: Fan, 1989. – 234 b.

        28. Xondamir. Makorim ul-axloq. . – Toshkent: O‘zbekiston, 1967. – 164 b.

        29. Zayniddin Vosifiy. Badoe ul-vaqoe. – Toshkent: Yozuvchi nashriyoti, 1986. – 433 b.


  1. Davriy nashrlar, statistik to‘plamlar va hisobotlar




        1. Abdug‘ofurov A. Odil, orif, oqil // O‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 1987. - №1. – B. 3.

        2. Ahmedov T. Navoiy mehnat kuychisi // O‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 1965. - №1.

        3. G‘afforov N. Hayrat ul- abrorda Abdulloh Muborak obrazi va nafis talqini // O‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 1998 - №4. – B.4.

        4. G‘anixo‘jayeva N. Navoiy hikoyalarida ilm-ma’rifat masalasi // O‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 1966 - №2. – B.11.

        5. Hayitmetov A. Alisher Navoiy ijodida umumbashariy qadriyatlar masalasi // O‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 1991. - №4. B.3.

        6. Hayitmetov A. O‘zbek adabiyotida xalqchillik va xalqchil uslub haqida // O‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 1993. - №1-2.

        7. Jumaboyev Y. Navoiyning axloqiy qarashlari // O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar. – Toshkent, 1991. - №2. B.3.

        8. Mo‘minov I.M. Алишерa Навои великий мислител – просвитител // ибр. произ. 4 томах. Тom I. – Toshkent: 1976. – 380 с.

        9. Nazarov M. Navoiy ijodida adolat va xalqchillik masalasi // O‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 1975. - №1.

        10. Nazarov M. Navoiy ta’sirida xalq // O‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 1974. - №1.

        11. Nazarov M. Xamsa buyuk xalqchil asar // O‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 1986. - №2. – B.19.

        12. Nazrullayeva S. Navoiy ijodida shaxs erki problemasi // O‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 1980. - №1. – B.3.

        13. Oqbo‘tayev B. Navoiy odil podshoh haqida // O‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 2002 - №6. – B. 3.

        14. Oripov M. Navoiy ijodida adolat g‘oyasi // O‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 1973. - №1. – B. 3.

        15. Oybek. Navoiy haqida // O‘zbek tili va adabiyoti masalalari. – Toshkent, 1961 - №1. – B.4.

        16. Qayumov A. Navoiy va Navoiyshunoslik // O‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 1968 - №5. – B.4.

FOYDALANILGAN INTERNET SAYTLARI

              1. www.literature.uz.

              2. www.navoi.uz.

              3. www.ziyonet.uz.

              4. www.ta’lim.uz

              5. www.search.re.uz

              6. www.pedagog.uz

              7. www.ref.uz



Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


iiifsil---azrbaycan.html

iiifsl---azrbaycan-dvlt.html

iiifsl---azrbaycanllarn.html

iiifsl---qrb-mmmdov-.html

iiifsl---zyadxan-nbbyl.html