1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 19

«Malikush-shuaro»  unvoniga  ega  bo„lgan  bo„lsa,  Fazliy  Namangoniy - Madaniyatshunoslik

bet11/19
Sana17.03.2017
Hajmi5.04 Kb.

«Malikush-shuaro»  unvoniga  ega  bo„lgan  bo„lsa,  Fazliy  Namangoniy 


Qo„qon shoirlariga boshchilik qilgan, Umarxonning topshirig„i bilan Fazliy 


va Mushrif tomonidan «Majmuat-ush-shuaro» to„plami tuziladi. Bu davrda 


Qo„qonda  Xudoyorxonning  saroy  arki,  Xivada  turli 


obidalar 


qurildi.Taxminan  XVII  asrda  yashab  ijod  qilgan  shoirlardan  biri  Turdi 


Farog„iy haqida ma‟lumot beruvchi asosiy manba shoirning o„z asaridir. U 


yuz urug„ining oqsoqollaridan biri sifatida Abdulazizxon saroyida e‟tiborli 


kishilardan  bo„lgan,  keyin  saroydan  chetlashtirilgan.XVIII  asr  oxirida 


Qo„qonda tug„ilgan shoir Mahmur og„ir sharoitda yashab, saroyda askarlik 


qilgan. U  amaldorlar va saroy shoirlari bilan chiqisholmay, saroyni tashlab 


ketadi.  Mahmur  qiyinchilikda  hapalak  qishlog„ida  1844 yilda  vafot  etgan. 


Uning  she‟rlari  ichida  «Hapalak»  hajviy  asari  mashhurdir.XVIII  asr  oxiri 


XIX  asr  boshlarida  Farg„onada  Muhammad  SHarif-Gulhaniy  tahallusi 


bilan  tanilib,  ajoyib  lirik  she‟rlar,  masallar  yozdi.  Uning  «Zarbulmasal» 


asari  qahramonlari  qushlar  bo„lib,  shoir  ular  orqali  saroy  a‟enlarining 


kirdikorlarini  fosh  etadi.  YAna  bir  Qo„qonlik  shoir  G„oziy  ham  o„z 


asarlarida zodogonlar va ruhoniylarni fosh qiladi. XIX asrning 30 yillarida 


SHahrisbzda shoir Hiromiy hind, fors adabiyotida mashhur bo„lgan «CHor 


darvesh»  va  «To„tinoma»  hikoyalarini  o„zbek  tiliga  tarjima  qiladi  xalq 


dostonlari «YUsuf va Zulayho», «Tohir va Zuhro» «Bo„z o„g„lon», «YUsuf 


va  Ahmad»  va  boshqa  dostonlar  vujudga  keldi.  SHahar  maydonlarida 


qiziqchi va qo„g„irchoqbozlar, o„yinchi san‟atkorlar xalq hayotidan hikoya 


qiluvchi  lavhalarni  o„ynab,  tomosha  ko„rsatar,  boylar  va  saroy  ahlini 


ochko„zligini fosh etib, ustidan kular edi.Bu davrda Markaziy Osiyoda ikki 


turdagi  maktab  mavjud  edi:  quyisi  -  maktab  va  oliy-  madrasa. 


Boshlang„ich  maktabda  savod  o„rgatilar  va  diniy  matnlar  yodlanar  edi. 


Madrasada  ham  ilohiyat  o„qitilar,  shuningdek  arab  tili  sarfu  nahvi 


(grammatikasi),  notiqlik  san‟ati,  aljabr  va  handasa  asoslari  o„rgatilgan. 


Bundan  tashqari  Xofiz,  Bedil,  Navoiy  asarlari  o„qitilganO„sha  davr 


shoirlari,  fan arboblari musiqani chuqur tushunganlar. Musiqa san‟atining 


rivojiga ulkan hissa qo„shgan Mavlono Muhammadin Mug„anniy, Mavlono 


Kavkabiy, Xo„ja Muhammad, Rizo Samarqandiyning nomlari bizgacha etib 


kelgan.Bu  davrdagi  me‟morchilik  yodgorliklar  hajmi  va  pardozining 


jimjimadorligi bilan ajralib turadi. Samarqanddagi Registon  maydoni shu 


davrda  shakllandi.  SHerdor  madrasasining  old  peshtoqida  rangin 


koshinlar  bilan  chekilgan  bir  juft  sher  tasvirlangan.  Tillakori 


madrasasining  nomi  «tilla  bilan  pardozlangan»  degan  ma‟noni  beradi. 


Devorlardagi  ajoyib  naqshu  nigorlar  va  ichki  devorlardagi  to„kis  tilla 


bezaklar  juda  nafis  ishlangan.XVIII  asr  oxirlaridan  Xiva  xonligida 


ta‟mirlash  va  shaharsozlik  ishlari  avj  oladi.  Ollaqulixon  madrasasi, 


Rahmonquli inoq saroyi hajm jihatidan ancha mahobatli qurilgan. Qo„qon 


xonligi  me‟morchiligida  rang-baranglik  va  yorqinlik,  pardozdagi 


koshinlarning  yorqin  tovlanishi  kabi  xususiyatlar  ayniqsa  Xudoyorxon 



saroyida  yaqqol  namoyon  bo„ladi.XVIII  asr  oxiri  -  XIX  asr  boshlarida 


me‟morchilik  hajm  jihatdan  ixcham  binolar,  goho  bezak-  pardozlardan 


butunlay  holiligi  bilan  ko„zga  tashlanadi.  Xonliklar  va  amirlikda 


me‟morchilik  qurilishida  va  bezakda  o„ziga  xoslik  ham  seziladi.  Farg„ona 


uylari  kengkovul  va  ayvonli,  guldor  tokchali,  o„yma  ganchli,  shiftlari 


naqshu  nigorli  qilib  qurilsa,  Samarqand  va  Buxoro  uylari  uchun  chiroyli 


ko„rinishdagi ustunli ayvon, girih va islimiy naqshlar tushirilgan devor va 


ganch  o„ymakorligi  xosdir.  Xiva  o„ylari  tashqi  va  ichki  shaklda  qurilib, 


ayvoni  ichkariga  qaragan,  ustunlariga  o„yma  naqshlar  chekilgan, 


murakkab shakldagi gullar bilan bezalgan. 


XIX  asr  boshlarida  mehnatkash  xalqning  turmush  madaniyati  past 


darajada  edi.  Xonliklarning  o„zaro  urushlari  ho„jalik  va  madaniy  hayotni 


izdan  chiqardi.  Bu  hol  CHor  Rossiyaning  xonliklarni  bosib  olishini 


osonlashtirdi.  Rossiyada  sarmoyadorlik  sanoatining  o„sishi  yangi  bozor 


savdosiga  va  xom  ashyo  manbalariga  bo„lgan  talabni  oshirdi.  Rossiya 


Markaziy Osiyoni bosib  olgach, mahalliy aholi rus va Rossiyaning boshqa 


xalqlari bilan aloqa  o„rnatishga majbur bo„ldi. Sanoat va qishloq xo„jaligi 


texnikalari kirib kela boshladi. O„z o„rnida Rossiya va Evropa madaniyati 


elementlari  kirib  keldi.  Rus  tuzem  maktablari  ochildi.  Tipografiya  va 


litografiyaning  paydo  bo„lishi  madaniy  hayotda  katta  voqea  bo„ldi.  Avval 


rus  tilida,  so„ngra  mahalliy  tillarda  gazeta,  jurnal  va  kitoblar  chop  etila 


boshladi. 


XIX asrning 80 yillarida A.S. Pushkin va I.A. Krыlov asarlari ilk bor 


o„zbekchaga  tarjima  qilindi.  1880 yilda  Toshkentda  jamoat  kutubxonasi 


ochildi.  1870 yilda  rasadxona  va  kimyogarlik  tajribaxonasiga  asos  solindi. 


Ilmiy jamiyatlar tuzildi, tarixiy va arxeologiya muzeylari ochildi. 


O‗lka tabiiy boyliklarini o‗rganish ishiga rus olimlari ham qiziqa boshladi. 
1870 yilda  tabiat,  antropologiya  va  etnografiya  havaskorlari  rus  jamiyatning 
Turkiston  bo‗limi  ochildi.  N.A. Seversov,  I.V. Mushketov,  V.P. Fedchenko, 
V.F. Omanin  singari  olimlar  bu  jamiyat  a‘zolari  edi.  Rus  jug‗rofi  F.P.Litko 
1873 yilda  Toshkent  falakshunoslik  va  tabiatshu-noslik  rasadxonasi  tashkil 
etilishga  hissa  qo‗shdi.  P.P. Semyonov  Tyan-SHanskiy  Tongritog‗  tizmalari 
tarkibi va tuzumini haqida ma‘lumot-larni chop ettirdi. A.P.Fedchenko Farg‗ona 
vodiysining 
o‗simlik 
dunyosini 
tadqiq 
qildi. 
I.V.Mushketov 
va G.D.Romanovskiy  Turkiston  o‗lkasining  er  ustki  xaritasini  tuzdilar. 
I.V.Mushketov  oltin, temir ma‘dani, qoramoy,  ko‗mir kabi qazilma boyliklarni 
aniqladi.  Akademik  V.V.Bartold  o‗lka  tarixi  va  el-elatini  o‗rganish  asosida 
ko‗plab kitoblar chop qildi. 
Rus  madaniyati  ta‘sirida  xalq  ma‘rifatparvarlari  shakllandi.  Ular 
V.I. Gersei,  N.T. CHernishevskiy,  N.V. Dobrolyubovlar  ta‘sirida  xalq  ozodlik 
masalasini  ko‗tarib  chiqdilar.  O‗rta  asr  qoloqligini  tugatish,  ta‘lim-tarbiyaning 
ilg‗or usullarini joriy qilishni o‗z asarlarida kuylagan Furqat (1858-1909) misol 

tariqasida  rus maktablarini ko‗rsatdi. U A.S.Pushkinning bir qancha she‘rlarini 
o‗zbekchaga  tarjima  qildi.  Muqimiy  (1850-1909)  o‗zining  hajviy  she‘rlarida 
xalq ommasining burjuaziya tomonidan ezilishini fosh etdi. Zavqiy (1853-1921) 
o‗z she‘rlarida ijtimoiy adolatsizlikni qoraladi. 
XIX asr Turkiston adabiyoti ikki yo‗nalishda rivojlandi. SHohlik va saroy 
muhitini  kuylovchi  adabiyot,  hamda  zo‗rovonlikka  qarshi  norozilikni  va 
qoloqlikni tugatishga qaratilgan taraqqiyparvar xalq adabiyoti. Umuman, Rus va 
dunyo  madaniyati  ta‘sirida  mehnatkash  xalq  bilan  bog‗liq  Turkistonda  milliy 
madaniyatning rivojlanish jarayoni kuchayib bordi. 
U  musulmonlar  va  qolaversa  turkiylar  dunyosining  jahon  taraqqiyotidan 
uzilib  qolganligi,  bu  g‗oyat  xavfli  holga  barham  berish  kerakligini  hamda 
umumturkiy  qavmlardagi  jaholatni  yo‗q  qilib,  ma‘rifat  orqali  taraqqiy  topgan 
mamlakatlarga tanglashish zarurligini birinchi bo‗lib turkiy qrim-tatar xalqining 
ulug‗  farzandi  Ismoil  G‗asparali  (1851-1914)  tushunib  etdi.  U  jadidchilik 
harakatining  butun  turk  dunyosidagi  «g‗oyaviy  otasi»dir.Musulmon  turkiy 
olamini  jahon  ma‘rifati,  ilmi  darajasiga  ko‗tarish  g‗oyasini  amalga  oshirish 
maqsadida Rossiyaga mustamlaka bo‗lgan barcha musulmon hududlar maorifini 
mutlaqo isloh qilish ularda dunyoviy fanlarni o‗qitish masalasini ko‗tardi. Ismoil 
G‗asparalining g‗oyalarini yoyishda «Tarjimon» gazetasining xizmati juda katta 
bo‗ldi.  1888 yilda  uning  «Rahbari  muallimin»  yoki  «muallimlarga  yo‗ldosh» 
kitobining nashrdan chiqishi muhim voqea bo‗ldi. U Buxoro, Turkistonga kelib 
jadid  maktablarini  ochishga  urinadi.  Uning  shogirdlari  Buxorolik  Marjoniy, 
Domla Fozil, Davoniylarning merosi alohida o‗rin egallaydi.Temur va Temuriy 
shahzodalar  o‗z  davri  tarixini  yozib  qoldirish,  Movarounnaxr  va  Xurosonning 
mo‗g‗ullar  zulmidan  ozod  etilishi  tarixini  o‗rganish  va  yoritishga  katta  e‘tibor 
berdilar.  Nizomiddin  SHomiy,  Ali  YAzdiy,  Abdurazzoq  Samarqandiy,  hofizi 
Abru, Natanze, Fosih Xavofiy,  Mo‗yniddin Isfizoriy, Mirxond, Xondamir kabi 
tarixchilar  temuriylar  davri  tarixini  yozib  qoldirdilarki,  ular  yozib  qoldirgan 
asarlar  hozirda  biz  uchun  o‗sha  davr  hodisalarini,  madaniy  yuksalishini 
o‗rganishda, muhim manba bo‗lib xizmat qilib kelmoqda
2
.iyatini ko‗tarish kabi 
masalalar  olg‗a  surildi.  Ahmad  Donish,  Avaz  o‗tar,  Furqat,  Muqimiy,  Zavqiy 
singari  ma‘rifatparvarlar  etishib  chiqdilar.Ikkinchi  bosqichda  ma‘rifatchilikdan 
jadidizm  o‗sib  chiqdiki,  u  endilikda  yangicha  ta‘lim-tarbiya,  yangi  usul 
maktablarini yo‗lga qo‗yish, dunyoviy ilmlarni har tomonlama egallash maorif-
madaniyatda  yangi  tartiblarni  o‗rnatish,  yangi  ijtimoiy-siyosiy  masalalarni 
qo‗yish darajasiga ko‗tarildi. Jadidchilik harakati turkiy millatlarning ma‘naviy-
madaniy ko‗tarilishiga turtki bo‗ldi. Turkistonda yangi usul maktablari ochilib, 
                                                           
2
 Маънавият юлдузлари. Т., 1999, 15-20 бетлар. 

ma‘rifatparvar,  ilg‗or  pedagoglar  bu  maktablar  uchun  turli  darsliklar,  o‗qish 
kitoblari,  qo‗llanmalar  yarata  boshladilar.  Behbudiy,  Munavvar  qori,  Fitrat, 
Abdulla  Avloniy,  Ibrat,  Hamza  kabilar  bu  sohada  jonbozlik  ko‗rsatdilar  va  bu 
ishda  faol  ishtirok  etdilar.  Jadidlar  boshqa  o‗lkadagi  ma‘rifatparvarlik 
harakatlari  bilan  ham  aloqa  o‗rnata  boshladilar.  Bu  davrda  Turkistonda 
ma‘rifatparvarlik  va  jadidchilikning  turli,  yangi  ta‘lim-tarbiya,  o‗quv-o‗qituv 
masalalarini o‗zida aks ettiruvchi juda ko‗p jurnallar nashr etildi. «Taraqqiyot», 
«Oyna»,  «Tujjor»,  «Sadoyi  Turkiston»,  «Samarqand»  kabi  jurnallar  shular 
jumlasidandir.Ma‘rifatchilik  harakati  ayniqsa  o‗zining  rivoj  topgan  bosqichida 
Turkistonda  o‗zga  yurtlardagi  ijobiy  yutuqlardan  foydalangan  holda  mustaqil 
ma‘naviy taraqqiyot yo‗lini qidirish va targ‗ib etish masalalarini olg‗a surdi. Bu 
harakat  rus  podsho  hokimiyatining  mustamlakachilik  siyosatiga  zarar 
keltirishdan cho‗chigan chorizm amaldorlari  uni chegaralash va bug‗ib qo‗yish 
chora tadbirlarini ko‗ra boshladilar.XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkistonda 
juda  murakkab  ijtimoiy-siyosiy  hodisalar  bilan  birga  uning  madaniy  hayotida 
ham tez va shiddatli o‗zgarishlar ro‗y berdi. Madaniyat, adabiyot, ta‘lim-tarbiya, 
din,  mafkura  sohasida  turli  oqimlar  paydo  bo‗ldi,  ular  orasidagi  munosabatlar 
murakkab  tus  oldi.  YOsh  buxoroliklar,  yosh  xivaliklar  harakati  vujudga 
keldi.1917 yildagi  butun  rossiyada  yuz  bergan  fevral  va  oktyabr  inqiloblari 
uning  mustamlakasi  bo‗lmish  Turkistonda ham  to‗ntarishlarga  olib  keldi.Sovet 
davrida  juda  ham  murakkab  ijtimoiy-siyosiy  va  ijtimoiy-iqtisodiy  jarayonlar 
respublikaning  milliy  madaniyatiga  har  xil  tarzda  ta‘sir  o‗tkazdi,  barcha 
sohadagi  o‗rgartirishlarni  qarama-qarshi  tusga  kiritdi  va  respublika 
taraqqiyotining  asosiy  tendensiyalari  hamda  yo‗nalishlarini  uzoq  yillarga 
belgilab  berdi.30-yillarda  madaniy-oqartuv  masalalari  tarmog‗i  kengayishda 
davom etib bordi. Yirik sanoat korxonalarida madaniyat saroylari bunyod etildi, 
qishloq xo‗jalik artellari qoshida kolxoz klublari ochildi, rayon madaniyat uylari 
barpo  etildi,  kutubxonalar  tarmog‗i  kengayib,  ularning  kitob  fondlari  boyib 
bordi, kinoteatrlar, klub va madaniyat uylari qoshidagi kino qurilmalarining soni 
ko‗paydi,  stadion  va  sport  maydonchalari  jihozlandi.  Ko‗p  miqdorda  kitob, 
gazeta  va  jurnallar  nashr  etildi.  Radio  eshittirishlari  aholining  kundalik 
turmushida  rasm  bo‗lib  qoldi.Biroq,  30-yillarda  qaror  topib  borgan  ma‘muriy-
buyruqbozlik  tizimi  va  shaxsga  sig‗inish  mafkurasi  respublikaning  ijodiy 
xodimlarini,  uning  butun  ma‘naviy  hayotini  qattiq  iskanjaga  oldi.  Ijodiyotni 
partiyaviylik tamoillariga, mafkuraviy qoida-qonunlarga bo‗ysundirish, dunyoni 
badiiy tasvirlashni qo‗pol ravishda sotsiologiyalashtirish uchun keng yo‗l ochib 
berdi,  dunyoviy  imkoniyatlarni  toraytirib  qo‗ydi.  Partiyaning  yangi  turmushni 
madh etishga, xalq o‗tmishiga  nigilistik munosabat paydo bo‗lishiga qaratilgan 
siyosati  badiiy  jarayondagi  tarixiy  izchillikni  unutib  yuborishga  olib  keldi. 
Madaniyatda  murakkab  ijtimoiy  muammolarni  bezatib,  engil  tusga  kiritib 

ko‗rsatish,  hato  va  kamchiliklar  to‗g‗risida  sukut  saqlash  tendensiyalari  paydo 
bo‗la  boshladi.  Oqibatda  hayotiy  haqiqat  buzilib,  san‘atning  tarbiyaviy 
salohiyati  pasaytirib  yuborildi30-yillardagi qatog‗onlar milliy  madaniyat uchun 
dahshatli  fojeaga  aylandi.  Qonunchilikni  qo‗pol  ravishda  buzilishi  va  inson 
qadr-qimmatlari  poymol  etilishi  tufayli  milliy  madaniyat  o‗rni  to‗lmaydigan 
darajada  zavol  ko‗rdi.  Iste‘dodli  adabiyot  va  san‘at  arboblari  Abdulla  Qodiriy, 
CHo‗lpon,  Fitrat,  SHokir  Sulayman,  Ziyo  Said,  Elbek,  A‘zam  Ayub,  Usmon 
Nosir,  Qosim  Sorokin,  Muhammad  hasan,  Abdusalom
 
Niyoziy,  Otajon 
Hoshimov  va  boshqalar  milliy  madaniyat  quchog‗idan  uzib  olinib  xalq 
dushmanlari deb e‘lon qilindi. Qatog‗on qilingan va ta‘qib ostiga olingan shoir 
va yozuvchilarning asarlaridan foydalanish necha-necha yillar mobaynida taqiq 
bo‗lib  turdi.  Nohaq  unittirib  yuborilgan,  ko‗pincha  esa  jismonan  ham  yo‗q 
qilingan  jasur  xalq  farzandlarining  asarlari  shaxsga  sig‗inish  tugatilganidan 
keyin garchi xalqqa qaytarib berilgan bo‗lsa-da, o‗limidan keyingi hech qanday 
shon-shuhrat  ular  boshidan  kechirgan  tahqir-u  qiynoqlarning  alamini  bosa 
olmaydi. 
Din va dindorlarni ta‘qib qilish xalqning ma‘naviy  madaniyatiga nihoyat 
darajada katta zavol etkazdi. Ma‘muriy-buyruqbozlik tartiboti o‗rnatilishi bilan 
dinga  ilmiy  nuqtai-nazardan  yondoshish  inkor  etila  boshlandi.  Din  bilan 
ateizmning  dunyoqarash  jihatidan  bir-biriga  qarama  qarshiligi  siyosiy  qarama-
qarshilik bilan almashtirildi. «Sotsializmda dinga o‗rin yo‗q, unga din begona» 
degan qoida ustun bo‗lib qoldi. SHunday qilib unga nisbatan salbiy munosabat 
dinga qarshi zo‗rlik ko‗rsatishga aylanib ketdi. Na masjidlar, na cherkovlar, na 
dindorlar  shu  qadar  miqyosdagi  ta‘qiblarni  boshidan  kechirmagan  edilar. 
O‗zbekiston  ruhoniylarining  asosiy  qismi  30-yillarda  qamoq  lagerlariga 
jo‗natildi.  Masjid  va  madrasalarning  deyarli  hammasi  o‗tmishda  garchi  diniy 
marosimlarni  o‗tkazish  o‗choqlari  bo‗libgina  qolmasdan,  xalqning  buyuk 
merosini saqlab, boyitib kelgan madaniyat, ilm, tarbiya, san‘at markazlari ham 
bo‗lganiga  qaramay  berkitib  qo‗yildi.Sobiq  Sovet  davrida  Respublika  madaniy 
hayotida  progressiv  va  regressiv  taraqqiyotning  bir-biriga  qarama-qarshi 
tendensiyalari  tobora  kuchayib  bordi.  70-yillar  va  80-yillarning  birinchi 
yarmida,  xuddi  boshqa  sohalarda  bo‗lganidek,  O‗zbekistonning  ma‘naviy 
hayotida ham inqirozga xos vaziyat vujudga keldi. SHu bilan birga ushbu yillar 
davomida  respublika  madaniyati  umuman  muayyan  muvaffaqiyatlarni  qo‗lga 
kiritdi.  Madaniyat,  maorif  muassasalarining  tarmog‗i  sezilarli  darajada 
kengaydi,  bularni  moddiy-texnika  bazasi  mustahkamlandi,  aholining  umumiy 
bilim  darajasi  o‗sib,  ijodiy  ziyoliylar  safi  kengayib  bordi.  Talaygina  ajoyib 
badiiy asarlar, teatr, musiqa asarlari yaratildi. Madaniyat va san‘atning rivojiga 
iste‘dodli  yoshlarning  butun  bir  katta  guruhi  qo‗shildi,  milliy  o‗z-o‗zini 

anglashning  o‗sish  jarayonlari  belgi  berib  qoldi.Ma‘naviy,  badiiy  hodisalarni 
baholashda  sinfiylik,  partiyaviylik  singari,  mafkuraning  badiiyat  ustidan 
hukmronligi  singari  prinsiplaridan  foydalanish,  adabiyotda  sotsialistik  realizm 
usulining  ustuvorligi  madaniyat  va  san‘atning  rivojlanishiga  to‗g‗anoq 
bo‗ladigan  mexanizmni  vujudga  keltirdi.  Bu  prinsiplar  partiyaning 
cheklanmagan  totalitar  hukmronligi  taziqi  ostida  zo‗rlik  bilan  amalga  oshirib 
borildi.  Ziddiyatlar,  qarama-qarshiliklarning  sababi  ham  xuddi  ana  shunda. 
Ma‘naviy  sohada,  bir  tomondan,  chindan  ham  sezilarli  o‗zgarishlar  ro‗y  berib 
borgan bo‗lsa, ikkinchi tomondan, inqirozga xos vaziyat yuzaga kelib bordi.Tub 
milliy  manfaatlarni  unutib  qo‗yish,  zo‗r  berib  baynalminal-lashtirish  madaniy 
qurilishda  salbiy  rolni  o‗ynadi.  Partiyaning  madaniyat  sohasida  baynalminal 
madaniyatni  birinchi  qo‗yadigan  siyosati  milliy  madaniyatni  rivojlantirish 
rejasini,  milliy  qadriyatlarni  asrab-avaylash  va  ulardan  ma‘naviy  rivojlanishda 
foydalanishni  orqa  o‗ringa  surib  qo‗ydi.  Madaniyatni  mafkuralashtirish  axloq-
odob,  adabiyot,  san‘atning  samarali  milliy  zamindan  ajralib  qolishiga  sabab 
bo‗ldi, tarixiy xotira, milliy an‘analar va odatlarni unutib yuborishga olib bordi. 
Baynalminal madaniyatning ustivor tarzda rivojlanishi O‗zbe-kiston tub xalqlari 
tillarining  qo‗llanish  sohasini  toraytirib  qo‗ydiMa‘naviy  sohani boshqarishning 
ma‘muriy-buyruqbozlik  tizimi  mustahkamlanib  borishi  bilan  birgalikda  fikr-
mulohazalar  va  baholar-ning  obro‗yiga  ko‗r-ko‗rona  itoat  qilish,  ijodiy 
faoliyatga  qo‗pol  ravishda  aralashish,  ijodiyotni  eng  oddiy  erkinliklardan  ham 
mahrum  qilish  rasm  bo‗lib  bordi.  Ma‘naviy  hayotga  buyruqbozlik  yo‗li  bilan 
rahbarlik  qilish,  mafkuraviy  cheklashlar,  to‗g‗anoq  mexanizmi,  madaniy 
siyosatdagi  ziddiyat-lar,  ma‘naviy  soha  ehtiyojlarini  inkor  etish  jamiyatning 
ma‘naviy hayotida inqirozli holatlarni yuzaga kelishini belgiladi. 
Mavzu bo‗yicha takrorlash savollari

 


1.
 

XVI-XVII  asrlarda  Movaraunnaxrda  kechgan  madaniy  jarayonlarni 


umumiy izohlang.

 

2.


 


XVI-XVII  asrlarda  yaratilgan  qanday  san‟at  asarlari  va  me‟morchilik 


yodgorliklarini bilasiz. 


3.


 


XVII  asrni  birinchi  yarimida  Movarounaxda  ro„y  bergan  madaniy 


tanazzulning sabablari. 


4.


 


XVIII  asrni  ikkinchi  yarmida  Markazlashgan  davlatchilikning  vujudga 


kelishining madaniy taraqqiyotga ta‟siri. 


5.


 


XVIII-XIX  asrlarda  adabiyot  va  san‟atga  oid  qanday  yirik  asarlar 


yaratilgan. 


6.


 


XVIII-XIX  asrlarda  Xiva,  Quqon  va  Buxoroda  barpo  etilgan 


me‟morchilik majmualari. 


7.


 


Turkistoni zabt etilishini madaniy hayotga salbiy ta‟siri. 


8.


 


Turkiston ma‟naviy hayotida jadidchilik harakatining o„rni. 



9.


 


Jadidlarning  Turkistonda  milliy  madaniyatni  tiklashdagi  faoliyati  va 


uning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati. 


 


 


 


8-mavzu. Mustaqillik va madaniy taraqqiyot 


 


REJA: 


1. Milliy  istiqlol  davrida  ma‘naviy  meros,  milliy  va  diniy  qadriyat-larning 
tiklanishi va rivojlanishi.  
2. Mustaqillik  yillarida  ta‘lim,  adabiyot,  me‘morchilik  amaliy  san‘at  va  kino 
ravnaqi. 
3. Teatr, sirk, musiqa va qo‗shiqchilik san‘ati, muzey va sport taraqqiyoti. 
 

Tayanch so„z va iboralar 


Ma‟naviy  meros

  –  Qadim  zamonlardan  beri  ajdodlarimizdan  bizgacha 
etib  kelgan    ma‘naviy  boyliklar-siyosiy,  falsaviy,  huquqiy  va  diniy  qarashlar, 
ahloq-odob  me‘yorlari,  ilm-fan  yutuqlari,  tarixiy,  badiiy  va  san‘at  asarlari 
majmuidir.  

“Oltin  meros”

  –  Xayriya  jamg‗armasi  1996  yilda  tashkil  etilgan. 

“Umid”, “Iste‟dod” jamg„armalari

 – Iste‘dodli yoshlarni  moddiy va ma‘naviy 
rag‗batlantirish,  ularning  chet  elda  o‗qishini  qo‗llab-quvvatlash  maqsadida 
tuzilgan.  

Haykaltarosh  I.Jabborov

  –  Toshkentdagi  Amir  Temur,  Samarqand, 
SHahrisabzdagi  Amir  Temur,  Farg‗ona  va  Quvada  al-Farg‗oniy  haykallarini 
yaratgan. 

Asosiy adabiyotlar: 


1. Karimov  I.A. O‗zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat,  mafkura. Asarlar. 
T.1 –T.: O‗zbekiston, 1996. 76-85 betlar. 
2. Karimov  I.A.  Vatanimizning  tinchligi  va  xavsizligi  o‗z  kuch  qudratimizga, 
xalqimizning  hamjihatligi  va  bukilmas  irodasiga  bog‗liq.  T.:  O‗zbekiston. 
2005. 
3. Karimov  I.A.  Bizning  bosh  maqsadimiz-  jamiyatni  demokratlashtirish  va 
yangilash,  mamlakatni  modernizatsiya  va  isloh  etishdir.  T.:  O‗zbekiston. 
2005. 
4. Karimov  I.A.  «Imperiya  davrida  bizni  ikkinchi  darajali  odamlar  deb 
hisoblashar edi». T.: O‗zbekiston, 2005. 5-33 betlar.  
5. Karimov  I.A.  O‗zbek  xalqi  hech  qachon, hech  kimga  qaram  bo‗lmaydi.  T.: 
O‗zbekiston. 2005. 

Internet saytlari: 


1. Internet: www. bilim.uz. 
2. Internet: www. gov.uz. 
3. Internet: www.edu.ru.

 


4. Internet: 
www.press-service.uz

 

Qo„shimcha adabiyotlar: 


1. Ahmedova E., Gabidulin R. Kulturologiya. –T.: 2001. 
2. Mustaqillik. Ilmiy-ommabop lug‗at. –T.: 1998. 
3. O‗zbekiston san‘ati (1991-2001 yillar). –T.: SHarq, 2001. 

 


4. Gulmatov E. v.b. Madaniyatshunoslik. Ma‘ruzalar matni. –T.: 2000, 160-178 
betlar. 

 


5. Ibrohimov A. v.b. Vatan tuyg‗usi. –T.: O‗zbekiston, 1996. 
 

Dars jarayonida qo„llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar 


1. Aqliy hujum. 
3. Darsni aniq yo‗naltirigan savollar asosida olib borish. 
 

Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


kta-popuj-kan-qen-t-s.html

ktab-dd-qorqud-mumxalq.html

ktabdaxtsarla-verlm--.html

ktabi-dd-qorqud-dastani---14.html

ktabi-dd-qorqud-dastani---4.html